топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Yoshlik” talabalar shaharchasiga xizmat ko‘rsatadigan yuridik klinikasi sho‘basi ish boshladi

Таълимдаги янгиликлар
Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2932-son qarorida Toshkent davlat yuridik universitetini rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilab berilgan.

 
Mazkur qarorda universitetni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan bir sifatida universitetda klinik ta’limni joriy etish belgilangan.
Hozirgi kunda universitetda Yuridik klinika faoliyat ko‘rsatmoqda va iqtidorli talabalar tomonidan aholiga beg‘araz huquqiy maslahat hamda amaliy huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish doirasini kengaytirish va qulayliklar yaratish hamda talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, Yuridik klinika faoliyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 7 aprelidan 17 iyuniga qadar tasdiqlangan jadval asosida Toshkent viloyati tumanlarida haftaning har shanba va yakshanba kunlari sayyor qabullar tashkil etilib kelindi.
Yuridik klinika faoliyatini kengaytirish, uning joylardagi sho‘balarini tashkil etish hamda aholiga ayniqsa yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasining “Yoshlik” talabalar shaharchasiga xizmat ko‘rsatadigan sho‘basi tashkil etildi.
Mazkur sho‘baning ochilish marosimi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida 2018 yil 25 iyun kuni soat 11.00da bo‘lib o‘tdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.