topik, blog, fotoset yoki yo`naltirgich yaratish

Yangi innovatsion tuzilma

Таълимдаги янгиликлар
Ilm-fan
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi huzurida yangi innovatsion tuzilma – “Fermerlarga amaliy yordam va konsalting xizmatlari markazi” o‘z faoliyatini boshladi. Markaz quyidagi bo‘linmalardan iborat:
  • Tuproq strukturasi va tarkibi haqidagi ma’lumotlar asosida birlamchi va takroriy ekinlar ekishga tavsiyalar berish va o‘sish jarayonini ilmiy kuzatish bo‘linmasi;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan yaratilgan dori vositalari, preparatlar va o‘g‘itlarnii fermerlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘linmasi;(Fermerlarni preparatlar bilan ta’minlash shaxobchasi tashkil qilingan.)
  • ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan yaratilgan dori vositalari, preparatlar va o‘g‘itlar keng qo‘llashni tashkillashtirish va samaradorligini ilmiy nazorat qilish bo‘linmasi;
  • seleksiya va yangi navlar yaratishdagi olimlarning ishlanmalarini tajriba-sinovini tashkillashtirish bo‘linmasi;
  • respublikamiz tog‘ oldi, cho‘l-adir va yaylovlari mavjud viloyatlarida mayda shoxli mollar uchun qishki ozuqa bazasini yaratish, cho‘l ekologiyasi muammolari bo‘linmasi;
  • o‘simliklar klinikasi va diagnostikasi bo‘linmasi;
  • fermerlarga amaliy yordam va maslahatlar xonasi;
  • fermerlarni Ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligidagi natijalar bilan tanishtirish, fermerlar malakasini oshirishga va jahon olimlari yutuqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari olib borish bo‘linmasi;
  • chorvachilik, parrandachilik hamda asalarichilik muammolari va istiqbollari bo‘linmasi.
  • Yangi tuzilma Navoiy va qo‘shni viloyatlarning fermerlari, dehqon xo‘jalik a’zolari, xususiy tomorqa egalari vaissiqxonalar mas’ul xodimlariga ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi samaradorligini ta’minlash, ilm-fan yutuqlarini qishloq xo‘jaligi sohasiga joriy etish, qishloq xo‘jaligi sohasining respublikamiz iqtisodiyotida tutadigan o‘rnini oshirishda yangi innovatsion tejamkor texnologiyalarnikiritish orqali ilmiy asoslangan amaliy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.
  • манба

0 izoh

Ro'yhatdan o'tganlar va tasdiqlanganlargina izoh qoldirishlari mumkin.