создание топика, блога, фотосета или ссылки

Test imtihonlari jarayoni barchaning nazoratida bo’ladi

Таълимдаги янгиликлар
Образование и наука
O’zbekistonda 1-avgustda start oladigan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qabul imtihonlari jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda, imtihonlarning ochiq va oshkora o’tkazilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi texnik hamkorlik qilmoqda.

«Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida «O’zbektelekom» AK tomonidan test imtihonlari o’tkaziladigan barcha obyektlarga optik tolali aloqa tarmoqlari tortilib, barcha tegishli binolar yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish tizimlariga ulandi.

Imtihonlar bo’lib o’tadigan bino va obyektlarni to’liq qamrab olish maqsadida, 1400 dona videokuzatuv kameralari o’rnatildi. Kameralarning aylanma harakatini ta’minlash uchun 29 ta maxsus pult boshqaruvi joriy qilindi. Shuningdek, ma’lumotlarni saqlash uchun 1800 terrabayt hajmdagi maxsus server ishga tushirildi.
Imtihonga kirish jarayonida har bir abiturient shaxsi ma’lumotlar bazasining markaziy serveriga ulangan, qiyofani aniqlaydigan maxsus kamera orqali tekshiruvdan o’tkaziladi. Imtihonlar o’tkazilayotgan obyektlar yaqinidagi maxsus kutish hududlarida ota-onalar, abiturientlarning yaqinlari uchun yirik ekranlar o’rnatiladi. Ularda imtihon jarayonlarini to’g’ridan-to’g’ri kuzatish mumkin bo’ladi.
Shu bilan birga, Internet tarmog’ining www.test2018.uz manzilida tashkil qilingan maxsus resurs orqali yurtdoshlarimiz barcha obyektlardagi imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniga ega bo’ladilar.
Qabul imtihonlari jarayonida yanada ochiq-oshkoralikni ta’minlash maqsadida, UZDIGITAL TV telekanallar tarmog’i orqali imtihonlarni jonli efirda ko’rish uchun texnik imkoniyat ham yaratib beriladi.
Yuqorida qayd etilgan barcha texnik vositalar mamlakatimiz miqyosida tashkil etilayotgan test imtihonlarini xolis, ochiq hamda adolatli o’tkazilishiga xizmat qiladi.
Manba

0 комментариев

Только зарегистрированные и авторизованные пользователи могут оставлять комментарии.