топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Fan to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokamasi bo`lib o`tdi

Таълимдаги янгиликлар
Илм-фан
2018 yil 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2018 yil 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida o‘tkazilgan majlis bayonining 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Fan to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini loyihasi akademiklar, yetakchi olimlar ishtirokida qayta muhokamaga qo‘yildi.

Muhokamada Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi, vitse-prezidentlari, akademiklar, Oliy majlis deputatlari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari, yetakchi olimlar va vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi hamda o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
O‘zbekistonda birinchi marta joriy qilinayotgan mazkur hujjatning maqsadi — mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal etish va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlash uchun fan va fan-texnik faoliyatni tartibga solishdan iborat.
Ma’lumot o‘rnida, hujjatda 6 ta bo‘lim va 39 ta modda mavjud.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.