топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Davlat test markazida yoshlar bilan ochiq muloqot o`tkazildi

Таълимдаги янгиликлар
Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2018 yil 1-yarim yillik rejasiga muvofiq 2018 yilning 20 iyun kuni “Davlat test markazi korrupsiyaga qarshi” mavzuida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakili Ergashev Ikrom Abdurasulovich, Shayhontohur tumani “Huquqiy himoya” advokatlik firmasi rahbari Yusupov Abror Adilovich, Toshkent aloqa kolleji bitiruvchi kurs o‘quvchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari va Davlat test markazi xodimlari ishtirok etdilar. 
Ochiq muloqotda yoshlarimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish ijtimoiy zururat ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashda yoshlarning roli, O‘zbekistonda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan olib borilayotgan amaliy va huquqiy chora-tadbirlar, test sinovi topshirish jarayoni arafasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olishda hamkorlikning ahamiyati bo‘yicha ma'ruzalar o‘qildi va maxsus videoroliklar, prezentatsiyalar namoyish qilindi.

Yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga mutaxassislar tomonidan aniq fakt va dalillar asosida to‘liq va batafsil javob berildi. 
манба

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.