топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Abiturientlar diqqatiga!!!

Таълимдаги янгиликлар
Илм-фан
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida qabul jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 — yil 4 — iyundagi “2018/2019 — o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
2018/2019 — o‘quv yili uchun Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha umumiy kvota:
 
bakalavrlar uchun 1275 nafar, shu jumladan, davlat grantlari – 270, to‘lov-kontrakt — 1005;
 
magistrlaruchun 105 nafar, shu jumladan, davlat grantlari — 13, to‘lov kontrakt — 92;
 
maxsus sirtqibo‘limlarda bakalavrlar uchun to‘lov-kontrakt asosida — 90.
   
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 — yil 20 — apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ – 2909 - son qaroriga movofiq 2018/2019 — o‘quv yilida TTYMIda “Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (ko‘priklar va tonnellar)” ta’lim yo‘nalishi hamda “Vagonsozlik” mutaxassisligi bo‘yicha yangi yo‘nalishlar ochilmoqda.
 Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining maxsus sirtqi bo‘limiga hujjat topshirishi uchun kasb-hunar ma’lumoti qabul kvotalari mavjud ta’lim yo‘nalishiga mos yoki turdosh bo‘lishi va kamida uch yil temir yo‘l sohalarida amaliy ish stajiga ega bo‘lishi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasidan tavsiyanomaga ega bo‘lishi talab etiladi.
 Institut qabul komissiyasi akademik litsey hududida (107-aud. Tel.: 299-02-43) abiturientlar va ularning ota-onalari bilan bevosita muloqot qilish uchun ularda yuzaga kelgan turli savollar bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Axborot - maslahat markazi tashkil etilgan.
Батафсил маълумотни Tanlov.uz дан олишингиз мумкин

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.