топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O‘zbekistonning o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida 2016/2017-o‘quv yili uchun qabul imtihoni natijalari e’lon qilindi

Abiturient
Илм-фан
Joriy yilning 12-iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida 2016/2017-o‘quv yili uchun qabul imtihonlari bo‘lib o‘tgan edi, deya xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati.
 
2016/2017-o‘quv yili uchun o‘rta maxsus islom bilim yurtlariga jami 1313 nafar abituriyent hujjat topshirdi, shundan 203 nafari ayol-qizlar bilim yurtiga to‘g‘ri keladi.
 

Qabul imtihonlari ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda “Ona tili” fanidan diktant, ikkinchi bosqichda “Ma’naviyat asoslari”, “Chet tili”, “Tarix” fanlari bo‘yicha test sinov shaklida bo‘lib o‘tdi.
 
Qabul imtihoni natijalari joriy yilning 15-iyul kuni e’lon qilinib, imtihon natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlardan 204 nafari o‘rta maxsus islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilindi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.