топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O‘zbekistonlik yoshlar Koreya Respublikasidagi Inha universitetida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Abiturient
Илм-фан
Koreya Respublikasidagi Inha universiteti qabul komissiyasi delegatsiyasi 4–8-noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — Jungseok International School of Global Studies dasturi doirasida Koreya Respublikasidagi Inha universitetida ta’lim olish uchun talabalarni saralab olish.
Jungseok ISGS dasturi yoshlarga Inha universitetida ta’lim olib, global tadqiqotlar sohasida bakalavr darajasini olish imkonini beradi. Dastur muvaffaqiyatli talabalarga grantlar taklif etadi.
Dastur doirasida, shuningdek, talabalar koreys tili va madaniyatini o‘rganishi mumkin bo‘ladi.
Inha universitetida o‘qish huquqini qo‘lga kiritish uchun abituriyentlar hujjatlar paketini hamda IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) taqdim etishi lozim. IELTS’dan 7 balldan ko‘proq to‘plaganlar grantga ega bo‘lishi mumkin.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.