топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Diplomi imtihonsiz nostrifikatsiya bo‘ladigan xorijiy oliygohlar ro‘yxati tasdiqlandi

Abiturient
Илм-фан
Diplomi imtihonsiz nostrifikatsiya bo‘ladigan xorijiy oliygohlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi qaroriga asosan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladigan holatlar kengaytirilgan edi.
Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bitiruvchilarning diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshirilishi belgilandi.
Qo‘shma qarorda uchta xalqaro tashkilot reytinglari hisobga olinishi belgilab qo‘yildi. Bular:
1) QS – Quacquarelli Symonds;
2) ARWU – The Academic Ranking of World Universitiyes;
3) THE – Times Higher Education.
Quvonarli tomoni uchala xalqaro tashkilot reytingining dastlabki 500 talik ro‘yxatidan bir-biridan farqli ta’lim muassasalari joy olganligi sababli, O‘zbekistonda 500 ta emas, 712 ta xorijiy OTMlarning diplomlari maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiyalanadigan bo‘ldi.
Ro‘yxatdan jami 66 ta davlatning oliy ta’lim muassasalari joy olgan. Eng ko‘p AQShdagi oliygohlar kiritilgan – jami 157 ta! Keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (60 ta), Germaniya (48 ta), Xitoy (45 ta), Italiya (35 ta), Fransiya (32 ta), Avstraliya (30 ta), Yaponiya (21 ta), Kanada (21 ta), Janubiy Koreya (16 ta), Ispaniya (16 ta) davlatlarining oliygohlari o‘rin egallashgan.
Rossiyaning 13 ta ta’lim muassasasining diplomi to‘g‘ridan-to‘g‘ri nostrifikatsiyalanishi belgilandi. Bular:
N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti
  1. “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti
  2. Sankt-Peterburg ITMO universiteti
  3. Qozon federal universiteti
  4. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
  5. Moskva davlat fiziko-texnika instituti (davlat universiteti)
  6. Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO)
  7. Milliy yadroviy tadqiqotlar universiteti (“MIFI”)
  8. Novosibirsk davlat universiteti
  9. Sankt-Peterburg politexnika universiteti
  10. Sankt-Peterburg davlat universiteti
  11. Tomsk davlat universiteti
  12. Tomsk politexnika universiteti
Shuningdek, qo‘shnilarimiz Qozog‘istonning 3 ta oliygohi ushbu ro‘yxatga kiritildi. Bular:
  1. Al-Farobiy nomidagi qozoq milliy universiteti
  2. K.Satpayev nomidagi qozoq milliy texnika universiteti
  3. L.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti
Quyida ushbu ro‘yxat bilan to‘liq tanishishingiz mumkin. Bunda men uchta xalqaro tashkilot tomonidan tuzilgan ro‘yxatdagi OTM nomlarini birlashtirib, alifbo tarzida tartiblaganman.
Xalqaro tan olingan tashkilotlar tomonidan (QS, ARWU, THE) 2016 yilda e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan hamda ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiya qilinadigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati quydagi havoladan korishingiz mumkin 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.