topik, blog, fotoset yoki yo`naltirgich yaratish

Abituriyentlar diqqatiga

Abiturient
Ilm-fan
2017/2018-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari, oliy harbiy ta'lim muassasalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari (Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlari)ga kiruvchilar ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish uchun 2016-yil 20-dekabrdan boshlab diagnostik test materiallarini nashr etish boshlandi.
Barcha xohlovchilar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarini test topshirish orqali bilim darajalarini sinab borishlari mumkin.
Buning uchun tanlangan ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha test savollari kitoblari va miqdori buyurtma qilinishi lozim. Davlat test markazi tomonidan buyurtma asosida test materiallari (savollar kitoblari va javoblar varaqalari) buyurtmachi manzilga jo‘natiladi.
Abiturient test sinovi orqali nafaqat o‘z bilimini sinab ko‘radi, balki savollar kitobi va javoblar varaqasi bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Manba
 
 
 

0 izoh

Ro'yhatdan o'tganlar va tasdiqlanganlargina izoh qoldirishlari mumkin.