топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Faqat AYOL haqida....

Сен барибир муқаддассан, муқаддас аёл
Жамият

Ayolga muhabbat — hayotga muhabbat!!!

      Ideal ayol yo`q. Buni har bir erkak yaxshi biladi. Lekin, har bir erkak qalbida barcha davrlar va barcha erkaklar uchun ideal bo`lgudek ayol obrazi yashaydi.Ayol farishtadir

          Tabarruk zot olamda ayol,

          Yorim-da, qizim-da, onam-da ayol,

          Serbaxtli ayol, bu baxtli ayol.

           Menga alifboni o`rgatgan ayol,

           Qalbimga mehrni o`rnatgan ayol.

           Farzand qalbin she'r qilgan ayol,

           Mo`min so`zin sher qilgan ayol,

           Ko`rmagay zavol bu ahli ayol.

      Anduhlarga botganingizda dilingizni charog`on etuvchi bir nigoh ostonada kutib olmasa, yakkalikda topgan davlatingiz, unvoningiz, sha'ningiz, qariganda yanada og`irroq g`amlarga soladi. shuning uchun aytadilar: "Ayolsiz koshona — g`amxona".

     Ayol bo`lib tug`ilish ilohiy hukm, ammo, ayollik mudom shaxsiy qismatdir. Mahbubaning ismini tilga olmagan kuning yo Xudoni tilga olishga majbursan, yo Azroilni.

    Hammaning o`ziga bandi ekanligini ayol ko`z yoshlari bilan goho-goho eslatib turadi. Qirq kishining umrini ko`rsang ham bir ayol qalbini to`la bila olmaysan. Erkak qalbini bilish uchun esa «AYOL» degan bir so`z kifoya ekan. Demak, ayollarimizgina emas, hatto «ayol» so`zi ham ilohiydir.

       Osmonlar ishonsa Ayol zotiga,

       Uni sevib qolsa nuqrada Quyosh.

       OLLOH onalikni ravo etganda,

       Hatto farishtalar qilarkan havas.

            Ayol farishtaday bo`lishi mumkin,

            Vafosiz yor uchun o`lishi mumkin.

            Jonidan jon yasab tug`ishi mumkin,

            Nega farishtalar qilmasin havas!!!

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.