топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Hayot bitiklari (2)

Сен барибир муқаддассан, муқаддас аёл
Жамият
Xonamga kirgach odatdagiday shaxsiy kompyuterimni internetga ulab, «Mail Agent» programmasini ochdim. «Sizga xat». Yana buyurtmani kabul kildim. Kun buyi telefon jiringlaydi, internetdan reklama dizayni uchun rasmlar karayman, tayyor buyurtmalarning kamchiliklarni aytaman, vakti kelganda asabiylashib, soat olti bulganini  sezmay charchayman…
Ofisda kadam tovushlari kamaygach, «Moy mir»ga kiradim. Kelgan xatlarga javob berib bulgach, «Moi gosti» saxifasini ochdim. Saxifa ochilishi bilan, «Qaysar_qiz» «nickname» soxibasi negadir dikkatimni tortdi. Men xam ikkilanmay uning olamiga tashrif buyurdim. Anketadan yigirma uch yoshligi kurdim. «Korotko o sebe» darchasida: «Xamma bilan samimiy, ochik bulishga xarakat kiladigan oddiy kizman. Ammo uzimdagi barcha xissiy, insoniy fazilatlarni mujassamlashtirgan xolda sizga sirli tuyulishim mumkin...». Berkitmayman, bu suzlarni meni befark koldirmadi. «Foto so mnoy» papkasini ochishga shoshildim. Kosh-kuzlari kora, istarali, kulgichlari uziga yarashgan kizalok kompyuterdan menga jilmayib turardi. Ishonasizmi shu tarika kancha vakt utirganimni bilmayman. Astafirullox deyman uzimga-uzim, internetdagi sevgiga ishonmasding-ku, bulmasam bu erda kanchadan-kancha kizlarni kurganman. «Qaysar_qiz» nimasi bilan meni uziga tortayotgan ekan? Yoki istaraliligimi? Uyda gulday ayolim kutib utirganida, xayollarim bir tarafdan uzimga kulgiliday tuyuldi.
    Korovul bilan xayrlashib mashinamga utirdim. Yulda ketyapman-ku, xayollarim usha kizda. U bilan kurishmagan, gaplashmagan bulsam nimasini uylayman? Xozir nima kilayotgan ekan? Soat xam, allamaxal bulib kolgan. Uxlayapti, ertaga ukishga boradi. Kizika, erning kaysidir burchagida bir inson, siz xakingizda uylaydiyu, siz esa xech narsani xis kilmaysiz...
    Xayollar xam kizik. Men kanchalar uni uylamay desam, yanada kuprok unga boglanayotganimni sezdim. Ertasi kuni internetga kirib «Mail Agent» programmasini ochdim. «Qaysar_qiz» «onlayn»da utirgan ekan. Sirli kizga yozishni boshladim. Ammo  xammasi shunchalik jiddiy tus olib ketishini xayolimgayam keltirmaganman. Salom-alikdan sung:
-Balki yakindan tanisharmiz?-dedim men.
-Mayli, fakat bir-birimizga sirli bulamiz.
-Nimaga sirli?
-Kanchalik sirli bulsangiz, shunchalik insonni kiziktirasiz. Keyin internetda kuzim kuzizga tushmaydi. Munosabatlarning xammasi xayoliy.
-Ismingiz nima?
-Uzini «ovotti» deb uylamangu, sir bula kolsin.
-Mayli, unda ismingiz vaktinchalik «Cha» bula kolsin.
-Nimaga «Cha»?
-«Cha» xamma narsaga «cha» kushimchasini kushsangiz, usha aytayotgan narsangizni kichkinasi buladi. Men xam sizni kattamas, kichkinarok tasavvur kilaman,-deb xazillashdim.
-Men kichkina emas, katta bulsamchi? Unda kanaka ism kuyasiz? 
-Xop, unda sizni opoki deyman buladimi?
-Voy, kichkina opokila xam buladi. Sizga koil, mantikan, suxbatdoshingizni sirli bulishiga karamay, suzidan ushlamokchimisiz?
— Juda xam shaddod ekansiz-ku.
-Ismim Ruxsora, tanishganimdan xursandman :)
    Birinchi suxbatimiz ana shunday kizik xazillar bilan boshlangandi. Bora-bora unga urganib koldim. Ruxsoraning tashki guzalligidanam, ichki olami meni kundan-kunga xayratga solardi. Gap-suzlari, dunyo karashining kengligi. Olloxga bulgan muxabbati, samimiy tilaklari, duo kilishi xamma-xammasi...Endi xonamda soatlab uni «onlayn» bulishini kuta, tushlikni xam esdan chikarardim. Uyga mashinada ketayotib, ish bilan «parallelno» Ruxsorani uylayman. Lekin vijdonim ikki ut orasida kiynalardi. Oilali insonman. Ayolim ogiroyok. Nilushga bor mexrimni bersam-da, kuziga karashga kiynalardim. Ruxsorani esa bundan xabari yuk. Uni xam menga befark emasligini sezganman. Ammo Ruxsorani yukotib kuyishdan juda-juda kurkardim. Bir kuni ikkimizning suxbatimiz uchun yangi nomer oldim. Ikkita kul telefonim bulsa, biri chuntagimda turardi. Ikkinchisini esa, kompyuter kolonkalari yoniga kuyib kuyardim. Sababi Ruxsoradan sms kelsa, kolonkalardan «pomex» ketardi.  Shunda yuragimning urish pulsini, barmoklarimgacha xis kilardim. Chunki «Ruxsoradan sms kelyapti»...
    Bir xafta, meni xayotimni tubdan uzgartirib yubordi. Yoshim undan katta bulsada, suxbat orkali Ruxsoradan kup narsalarni urgandim...Keyin uchrashuvga taklif kildim. Boshida rad etdi. Ammo yuragimdagi muxabbatim rost ekanligi, xech bulmasa bir bora kurishishimizni iltimos kila kundirdim.  Biz uchrashdik. Xayotdagi Ruxsora rasmdagi Ruxsoraga uxshamasdi. U xayotda chiroylirok ekan. Kuzimiz-kuzimizga tushganda  xayajonlanib ketsakda, bir-birimizga birdirmaslikka xarakat kilardik. Kafega kirganimizda xam mendan kura u kup gapirar, xarakatlarini, kosh chimirishini tomosha kila jilmayardim. Kurinishi jiddiy bulgani bilan, juda shux va shaddod kiz edi. Endi biz tez-tez uchrashardik. Kuz fasli bulgani uchun bir zumda kech tushadi. U bilan birga bulsam xamma narsani esdan chikarardim.  Katta shaxarni kechgacha birga aylanib, xazillasha, bakirib kulardik...Bu baxt uzokka chuzilmasligini bilsamda, xakikatni ochish vakti xali kelmadi deb notugri uylagan ekanman...
    Ofisda majlisni tugatib, tashkaiga chikdim. Kul telefonim jiringladi. Karasam Oyimlar! «Uglim tabriklayman, kizli bulding...» Xursandligimdan kanday kilib yugurib mashinaga utirganimu, gul olganimni bilmayman. Tezlik bilan kasalxonaga etib bordim. Palata eshigini ochganimda Nilush xam, xamshira kiz xam, kirib kelganimni sezishmadi. Ularning suxbati avjida ekan:
— Sulton akamlar kiz tugilsa, ismini Ruxsora kuyamiz deganlar...Iya ana uzlari xam keldilar-ku...
Kulimdagi gulni karavatning bir chetiga kuyib kizimga kardim. Kizim, mening kizim! Nilushning kullarida uxlab yotgan jajjigina chakalokning kullaridan updim. Kizim shirin uxlab yotardi. Keyin nimadir demokchi bulib, xamshira kizga yuzlandim. Yuzlandimu, er ustida turganim esimdan chikib ketdi. Ne kuz bilan karayki, karshimda Ruxsora turar edi. Nigoxlarimiz tuknashdi. Xayollarim ostin-ustun bulib ketdi. Ruxsoraning kuzlari yoshga tulishni boshlagan bulsa-da,  negadir uzini yukotgani yuk. «Sizlarni xoli koldiraman», deya tashkariga otildi. Ayolim esa Ruxsorani maktay boshladi. Kizim dunyoga kelayotganida  bosh shifokorga yordamlashgani, kuli engilligi, albatta men xam «raxmat» deb kuyishim kerakligini aytdi. Ichimdagi ogrikni, kanday xolatga tushganimni sizga suzlar bilan ta'riflab bera olmayman... 
Kasalxonadan chikib ketayotib, Ruxsora utiradigan xonani topib eshigini takillatdim. Xech kim javob bermagach, uzim xonaga kirib burchakda yiglab utirgan Ruxsorani kurib, shundayin galati xolga tushdimki...u esa boshini kutarmay, pichirlab fakat bir gapni kaytarardi  «Iltimos keting...»
    ...Ertasi kuni esa pochtamda  shunday xat turardi: «Meni sevasizmi? Unda ayolingizni kunglini oling. Kizingiz Ruxsorani gulday ustirib, baxtini kuring. Siz uzingiz munosib mexribon umr yoldosh topgan ekansiz. Usha kuni xovlikib palataga kirganingizda, kuzlaringizda baxt, yuragingizda otalik tuygusi bark urardi. Siz ota buldingiz! Xudo sizlarga farzand ato etdi. Olloxim marxamat etgan ekanki, farzandingizni dunyoga kelishini kurdim. Kizingizni nozik barmokchalarini, kulchalarini upayotganingizda sizlarga judayam xavasim keldi. Keyin menga yuzlanib nimadir demokchi ekanligingiz esimda,  birdan nigoxlarimiz tuknashdi. Ichimdan «Siz?» degan sado otilib chikmokchi bulganida, uzimni zurga ushladim. Siz xayratlana menga tikilib turardingiz. Allakachonok uzilgan rishtani seza, kuzim yoshga tuldi. Men kuzimni yumishni istamadim. Tashkariga otilib chikishni xoxlardimu, uzimni yana tiydim. Ayolingiz nigoxlarimizni sezmasin deya palatani asta tark etdim. Xonamga etib olgach, boyadan beri tomogimni zanjirlagan ogrikni kuyib yubordim. Men yiglardim, tuyib yiglardim. Bu alam va sevinch yoshlari edi...
Boshka siz bilan xatlashmayman, siz xam xammasini unuting. Ayolingizni urniga uzimni kuyib kurdim. Kachondir men xam kimningdir ayoli bulaman. Bu dunyo kaytar dunyo. Kaytishidan kurkaman...Baxtli buling Sulton aka… »
    Bu kiz insonmi yoki inson kiyofasiga kirgan farishta? Xakikatdan xam xayotda sevgi, muxabbat tuygulari uzgacha, ammo undanda mas'uliyatni xis etadigan oila va farzand bor. Men esa ikkisini adashtira Ruxsorani dilini ogritdim. Ming ogrik bilan oxirgi xatimni unga yolladim:
«Kechir meni Ruxsora. Nega takdir meni shunday sinadi? Nega seni oldinrok uchratmadim? Bilasanmi sen bilan tanishganimdan sung yuragimda sen...kuchogimda esa ayolim bulardi. Unga vafoli umr yuldosh bulishga, doimo kulib turishga xarakat kilardim. Karab turardimu, ichimdagi ogrikdan dod deb bakirib yuborgim kelardi...Guyo dilim tubida uxlab yotgan eng ogir muxabbat tulkini xozir kuz yoshi bilan tashkariga otilib chikadiyu...Tamom! Xayotimni ostin-ustun kilib tashlashi xech gap emasday. Esingdami, shaxar shovkinini soginib, ikkalamiz katta kuchalarni kechgacha aylanardik. Seni jaxlingni chikarishni judayam yoktirardim. Kuzlaringga karab tuymasdim. Bugun ish bilan shaxarda yursam, xar bir burchakdan sening ovozing kelayotganga uxshadi. Ovozingni kumsayapman. Yolgiz koldim deguncha esa, xayolimda tinmay sening sur'ating gavdalanaveradi. Yonimda turganday bulasan guyo. Kaerdandir shux ovozingni eshitaman. Kuzlaring, jilmayishing...Yo Xudo jinni buldimmi deyman goxo.  Ishon, telba bulishning masofasi unchalik xam uzok emas ekan...Yuragim birgina seni shirin suzingga kanchalar talpinishini tasavvur eta olmaysan. Balki yana uchrasharmiz, armon bulgan muxabbatimizni  takdirning buyurgan sinovlarida yana eslarmiz. Ammo unutma, sen meni xayotimni yoritgan yulduzisan. Sen meni sevishga urgatding. Bilaman xozir yiglayapsan. Shu suzlarni yana bir bor takrorlashimga ijozat ber. Guzalginam, erkatoyim yiglama! Yiglasang, xidoyat yuliga boshlovchi, Rabbimiz uchun YIGLA...Iltimos mendan rozi bul...»
    Bilasizmi, men ushanda Ruxsorani sevsamda, ayolim bilan kizimni kalbini yarim kilib keta olmasdim. Mening aybim bilan muxabbat armonga aylandi. Azoblana kuz yosh tukan sevgi, allakachonok jon bergan bulsada, Alloxdan bir niyatim ijobat bulishini doimo surardim. Ertaga u turmushga chikadi… shunda u borgan koshona nurga tulishini judayam xoxlardim.
    ...Kaysi kuniyam ukamning montaj xonasiga shoshilib kirdim. Stol ustida yoyilib turgan sur'atlar orasida, ok libos soxibasiga kuzim tushdi. Malikasini kulida kutarib turgan shaxzoda va umr yoldoshiga tabssum xadya etayotgan kelinchak… U guzal kuzlarning shirin egasi, Ruxsora edi. Yuragim yana boshkacha urishni boshladi.  Ruxsora judayam chiroyli kelin bulibdi! Kulimda baxtli  nikox kurgan ikki yoshning rasmini ushlay yana niyat kildim: «Ularni, Allox panoxida asrasin...» 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.