топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mening bobom buvim mahallamiz faxri

Urganch davlat universiteti
Илм-фан
Keksalarni duosi 
Har   on   bizlarga    qanot
Ularning fotihasi
Doim  bo`lsin ijobat
 
Bizning  nuroniy   bobo  va buvilarimiz  mehrga zor bo`lib,  ko`zlari  to`rt bolib bizni kutishadi,  biz uchun qo`llari doimo duoda bo`ladi.   Mana xalqimizning muqaddas  kuni  ya`ni  9-may  XOTIRA   VA QADRLASH kuni yaqinlashib  kelmoqda.    Biz sinfimiz  o`quvchilari  bilan  maktabimiz faxriylari  ya`ni nafaqaga  chiqqan  ustozlarimizni  qutlab kelmoqchimiz.   Bizlarni   shu  darajaga  yetkazgan ustozlarimizga  qancha   ta`rif   bersak  oz.
Urush  yillarida  qatnashgan bobolarimizga katta  e`tibor  qilinmoqda. Prezidentimiz  Islom Abdug`anivich Karimov  bunday  xalqparvar  bobolarimizga   turli  xil ordenlar       
ta`sis  etilgan. 
,,xizmatlari  uchun”,  ,,mehnat   faxrisi’’unvonlari  shular  jumlasidandir.
Bizning  qishlog`imizda  ham mana  shu ordenlarga loyiq  bobo –buvilarimiz  ham bor.
,,qari  bor  uyning parisi bor ‘’deb  bejizga  aytishmagan .   Ular bor  uy  fayzli  bo`ladi,ular  bor joyda  maslahatli ishlar bo`ladi.Ikkinchi  jahon urushida ham ko`plab o`zbek o`g`lonlari  hayotdan  ko`z yumishdi.   Qanchadan –qancha norastalar  otasiz,  akasiz ,ukasiz ,o`g`ilsiz qolishdi .
Mamlakatimizda  19 million  nafar inson nomlari  saqlanib qolgan.urushdan  nom nishonsiz  yo`qolib ketganlar   soni qancha?Shu  urushni boshlagan  fashistlar  nimaga  erishdi ?     Mana shuncha  insonni umriga qotil bo`ldi xolos .
Yurtboshimiz  2015-yilni “Keksalarni e’zozlash  yili” deb e’lon qildi. 70 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan insonlarni – qariyalar, 80 yoshdan 90 yoshgacha bo’lganlarni – keksalar, 100 yoshdan oshganlarni nuroniy deb ataymiz. Mening bobomning qo’li gul durodgor bo’lgan insonlarni og’irini yengil qilgan. Insonlarga qo’lidan kelgancha yaxshilik qilgan. Hozir uni hammamiz yaxshi inson sifatida yodga olamiz. Hayotdan ko’z yumgan barcha bobo-buvilarimizning ruhlari shod bo’lsin. Qariyalarni tirikligida,ko’zi ochiqligida e’zozlaylik! Yana afsus chekib qolmaylik!
Qadimda bir johil podshoh farmon chiqaribdi: Barcha qari kishilar o’ldirilsin.
-          Qarilar na ekin ekishga, na yer haydashga, na daraxt kesishga yaraydi, — debdi u.
-          Faqat uyda o’tirib, oshga o’rtoq bo’ladi, oyog’ing tagida o’ralashib jonga tegadi.
 
Jallodlar oyboltalarini qo’lga olib yenglarni shimarib ishga kirishib ketishibdi. Keksalarning boshini olishibdi. Faqat bitta otoxongina bekinib omon qolibdi. O’g’li otasini jallod;ar qo’liga topshirmabdi. Otasini ko’zdan nari qilib qaray boshlabdi. Shohning judayam chars, o’ziga hech kimni yaqinlashtirmaydigan, tepog’ish, tishlog’ish,aso bir oti bor ekanki, dunyoda bunaqasi yoq ekan.
Xorazm viloyati shovot tumanidagi 40-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9a-sinf o’quvchisi Quronboyeva Dinoraning “ Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri” mavzusida eng yaxshi insholar tanloviga yozgan inshosi. 
  Tel nomer:   +99890-713-25-09                 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.