топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O`tkir Hoshimov

Uralova.UZ
Жамият
O`tkir Hoshimov
Daftar hoshiyasidagi bitiklar
Aziz o`quvchim! Bu kitobni yoza boshlaganimga  ellik yil bo`lyapti. bular mening kuzatuvlarim. O`ylarim.Bir qadar armonli, bir qadar istehzoli, bir qadar tabassumli. Xulosalarim… Aslida ularning har birini  alohida asar qilsa ham bo`lardi-ku, mayli… Iltimos, siz ham kitobni shoshilmasdan, o`ylab o`qisangiz… Tag`in bir gap. Ba`zi kuzatuvlar ostiga yozilgan sanasi ta`kidlab qo`yilgan. Sababi ular Vatanimiz boshiga og`ir kulfat -«o`zbek ishi»,  «paxta ishi» degan qatago`n yog`ilgan kezlari yozilgan.Bu gaplarni o`sha paytda e`lon qilish mumkin emasdi. Yaratganga shukr, yurtimiz mustaqillikka erishdi.Sho`ro zamonini ba`zi hunarlarini eslab qo`yish bugungi kunimizni qadrlashga xizmat qiladi, deb o`ylayman.
                                       O`tkir Hoshimov
Taqdiri azal
Xudo yozganini bandasi o`chirolmaydi. Xudo berganini bandasi tortib ololmaydi.
Devonai haqgo`y
Telbalarga ta`zim qiling! Yuzta donishmand aytolmagam haqiqatni bitta telba aytadi! 
 
O`tkir Hoshimov | Uralova.uz
 
 


0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.