топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O‘zbekistonda “Rent-car” xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Turizm O`zbekistonda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda qabul qilingan turizmni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlari ijrosi doirasida xususiy kompaniyalar bilan birgalikda “Rent-car” xizmatini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Tadbirkorlar bunga o‘zlarining qiziqishini bildirishib, tayyorlagan namunalarini namoyish etdilar. Buxoro va boshqa sayyohlik markazlari – Toshkent, Samarqand va Xorazm kabi shaharlarda ushbu xizmat turi birinchi bo‘lib tajriba sifatida ishga tushiriladi.
Transport vositasini haydovchisiz tarzda ijaraga olish ma’lum muddatni (bir necha soatdan bir necha oygacha) o‘z ichiga oladi. Ijarani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun pasportdan tashqari chet el fuqarolarining xalqaro haydovchilik guvohnomasi ham talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevralda qabul qilingan “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5326-sonli Qarori aprel oyi oxirigacha ijara vositalari uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar – “Rent Car”ni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolari va chet ellik sayyohlar notarial hamda ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tmagan holda 30 kungacha avtomobil ijaraga olishi mumkin.
photo 2018-02-19 17-53-05

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.