топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Xoreografiya Oliy maktabda “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida profilaktik tadbiri bo`lib o`tdi!

Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
Илм-фан
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida profilaktik tadbir bo`lib o`tdi!
 
Joriy yilning 4 oktyabr kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Maripova  kirish so‘zi bilan ochdi va tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mehmonlar va mutaxassislar bilan tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni turli buzg‘unchi g‘oyalarga qo‘shilib ketishining oldini olish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarda yot ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakillantirish, yosh avlodni har tomonlama etuk, yuksak ma’naviyatli, intelektual salohiyatli ota-onasiga, Vataniga munosib inson qilib tarbiyalashga yo‘naltirilganini takidlab o‘tdi.

Tadbirda DXX mas’ul xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi N.Mukarramxonov   so‘zga chiqib – Talaba-yoshlarga bugungi kunda  yon atrofimizda ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat», din va vijdon erkinligi to‘g‘risida  to‘xtalib o‘tildi. “Hozirgi kunda ayrim yoshlarimiz orasida bilib bilmay o‘zga g‘oyalar ta’siriga tushib qolmoqda. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni vatanga sadoqat,  kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lishi, odamiylik ruhida tarbiyalash har birimizning eng oliy maqsadimiz ekanligini tushuntirib o‘tildi”. Tadbir davomida “Ilmdan o’zga najot yo’q” nomli hujjatli film namoish etildi.
Tadbir yakunida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etib, mutahassislar tomonidan ijobiy javoblar oldilar.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.