топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rahbariyati Xalqaro tanlovlar g‘olibini tabriklaydi!

Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
Илм-фан
 Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabning 3-bosqich talabasi Turaeva Munirabonu  G‘ayrat qizi 2018 yil  aprel oyida  Moskva shahrida o‘tkazilgan “ALLEYA ZVYOZD” Xalqaro xoreografiya san’ati ko‘rik-tanlovining “Xalq raqsi” yo‘nalishida Gran-prini  qo‘lga kiritib, Diplom va esdalik sovg‘asi statuetka bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga joriy yilning may oyida Moskva shahrida o‘tkazilgan  “ZVEZDNAYA VOLNA” III  Xalqaro xoreografiya va sirk san’ati  festivalida 3-bosqich talabasi Turaeva Munirabonu  G‘ayrat qizi “Nozanin” raqsini ijro etib,  I-Darajali laureatlik diplomi va statuetka bilan taqdirlandi. Oliy maktab rahbariyati Turaeva Munirabonuga kelgusida o`qish jarayonida ham kattadan katta muvaffaqiyatlar tilab, o`zbek milliy raqs san`ati dovrug`ni yuksaklarga ko`tarishiga tilakdoshdir.


 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.