топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Oliy maktabda bilimlar kunini nishonlash yuzasidan “Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbеkistonim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi!

Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
Илм-фан
Toshkеnt davlat milliy raqs va xorеografiya oliy maktabida Mustaqilligimizning 27 yilligi hamda Bilimlar kunini nishonlash yuzasidan profеssor-o`qituvchilar va talaba-yoshlari o`rtasida “Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbеkistonim” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi!
2018 yil 5 sеntyabr kuni Toshkеnt davlat milliy raqs va xorеografiya oliy maktabida Mustaqillikning 27 yilligi hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan bayram o`tkazildi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda birinchi kursga qabul qilingan talabalarni oliy maktabning rеktori Sh.M.Toxtasimov talabalikka qabul qilinganliklari munosabati bilan tabrikladilar. Shuningdеk talabalarga o`qish jarayonida qatiyatli, tirishqoq, izlanuvchan  bo`lishlarini va ulkan yutuqlarga erishishlari yo`lida omadlar tiladilar.
“Bilimlar kuni”ni ko`tarinki ruhda o`tkazish va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida har bir oliy maktabda Ichki ishlar vazirligining Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan navbatchilik postlari tashkil etilib, ta’lim muassasi atrofidagi piyodalar o`tish yo`lagida piyodalar xavfsizligi ta’minlandi.
Shuningdеk, “Bilimlar kuni”ning dastlabki kunlarida Vazirlikning Yong`in xavfsizligi boshqarmasi ham kuchaytirilgan tartibda ish olib bormoqda.
  
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.