топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Davlatimizning yuksak mukofotlari topshirildi!

Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
Илм-фан
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga katta hissa qo`shgan,  ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida 20-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ishtirokida ana shu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vaziri san’at sohasidagi, buyuk hizmatlari, fidokorona mehnatlarini qadrlab yuksak unvon orden va medallarga sazovor bo‘lgani munosabati bilan Axmedova Zarina hamda DJo’raboyeva Charosoylarga “Do’stlik” o’rdenini topshirdi. Shuningdek, mashaqatli ammo sharafli kasblarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab kelajakda O’zbekiston xoreografiya san’atini yanada rivojlantirishga o’z xissalarini qo’shishini takidladi.
Z.Axmedova va Ch.Jo’raboyevalar kamtarona mehnatlarini yuqori baholab, davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilganliklari uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

  

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.