топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Anastasiya Kalinchuk va Pavel Chukovlarning Oliy maktabga tashrifi kuzatildi!

Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan  Rossiya Fedaratsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston – Rossiya ta`lim forumi o`tkazilmoqda.
Ushbu forum doirasida 20 oktyabr kuni Moskva shahar Xalqaro va iqtisodiy aloqalar departamenti matbuot kotibi maslahatchisi Anastasiya Kalinchuk va “Bolshaya Aziya” telekanali operatori Pavel Chukov Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida mehmonlar oliy maktab faoliyati, klassik (balet) hamda o‘zbek milliy raqsi yo‘nalishlaridagi mashg‘ulotlarni kuzatishdi. Shuningdek, mehmonlar etakchi, mutaxassis o‘qituvchilar bilan O‘zbekistonda raqs san`atiga qaratilgan e`tibor va olib borilayotgan islohotlar, o‘zbek milliy raqsining naqadar jozibadorligi va bugungi kunda xoreografiya san’atida erishilayotgan yutuqlari to‘g‘risida suhbat olib borishdi.


 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.