топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

TDSHI talabalari xotira kechasida ishtirok etishdi

ToshDSHI
Илм-фан
2018-yilning 3-oktabr kuni Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakultetining 50 nafarga yaqin talabasi  o’zbek yozuvchisi, shoiri va dramaturgi Omon Muxtor tavalludiga bag’ishlangan foroko’rgazma va xotira kechasida ishtirok etishdi.
Tadbir O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan bo’lib, unda taniqli shoir va yozuvchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh ijodkorlar ishtirok etishdi.
Xotira kechasida yozuvchi, shoir va dramaturg Omon Muxtor (1941-2013)ning ijodiy olami va uning o’ziga xos xususiyatlari, falsafiy qarashlari, shaxsiy fazilatlari haqida gapirib o’tildi.

                                                                                                                                                      Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.