топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Xotira darsi”

Тарихий саналар
Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlab о‘tkaziladigan “Xotira darsi” har bir akadem guruhda bо‘lib о‘tdi.

“О‘quv teatri” binosida bо‘lib о‘tgan “Xotira darsi”da Madaniyat va sport ishlari vazirining madaniyat ishlari bо‘yicha birinchi о‘rinbosari Jalalov Fatix Xamitovich, О‘zbekiston xalq artisti, elimizning sevimli aktyori M.Abduqunduzov ishtirok etdilar.


B.Sayfullayev: Bugun sizlar bilan “Mustaqillik darsi”ni о‘tishimiz kerak edi. Xalqimiz, Vatanimiz boshiga og‘ir musibat tushdi. Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016 yilning 2 sentabr kuni vafot etdilar. Shu sababli mashg‘ulotimizning nomini mard va jasur muhtaram rahbarimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida “Xotira darsi”, deb atadik.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov mustaqil О‘zbekiston davlatining asoschisi, dunyoda “О‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yо‘lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obrо‘-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida о‘chmas va yorqin iz qoldirdi.

Xalqimiz о‘zining qisqa muddat — 25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini haqli ravishda aynan Prezident Islom Karimov nomi bilan bog‘laydi va shu ulug‘ insonning beqiyos xizmatlari deb biladi.
Tinchlik va tо‘kinchilikni bunyod etgan muhtaram yutboshimiz hamisha yoshlarga ishonar va ishonchiga javoban yoshlarimizning Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida yaqinda bо‘lib о‘tgan XX1 Yozgi Olimpiya о‘yinlarida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza medallarning qо‘lga kiritilishi bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan siyosatimizning ulug‘ g‘alabasi va sportchi yoshlarimizning Vatanimizning 25 yillik tо‘yiga munosib tо‘yonasi bо‘ldi.
Har bir о‘zbekistonlik og‘ir judolikka uchrashiga qaramasdan tushkunlikka tushmasdan, har xil ig‘volarga uchmasdan, yurtboshimiz tanlagan yо‘lidan adashmasdan yurtimiz ravnaqi yо‘lida xizmat qilmog‘i kerak.

F.X.Jalalov: I.Karimovning vafoti har bir о‘zbekistonlik uchun juda katta musibat bо‘ldi.

I.Karimov xalqimiz ma’naviy qadriyatlariga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bо‘lish, asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimizni, urf-odatlarimizni, bebaho tarixiy merosimizni hayotga qaytarishni davlat siyosati darajasiga kо‘tardi.
Atrofda bо‘layotgan har xil ig‘volarga uchmasdan, yakdillik bilan ular boshlagan ishni davom ettirishimiz kerak. Har birimiz uchun yurtboshimiz Karimovning tarjimai holi namuna vazifasini о‘taydi.
Yutrboshimiz san’at va madaniyat sohalari rivojiga ham alohida e’tibor qaratgan. Jumladan,
1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 29 oktabrdagi “О‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi Farmoni.
2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 26 martdagi “О‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish tо‘g‘risida” gi Farmoni.
3. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 21 sentabrdagi “Hamza nomidagi О‘zbek Davlat Akademik drama teatriga “Milliy teatr” maqomini berish tо‘g‘risida” gi Farmoni.
4. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 29 oktabrdagi “О‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi Farmoni. 5. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 26 martdagi “О‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish tо‘g‘risida” gi Farmoni.
6. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 4 iyundagi “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish tо‘g‘risida” gi Qarori kabilar о‘zini oqlayotgani barchamizga ma’lum.
Yuqoridagi farmon va qarorlar asosida qо‘lga kiritilayotgan yutuqlar hamda yuksalishlar muntazam ravishda о‘z samarasini kо‘rsatmoqda.
M.Abduqunduzov: Xalqimiz og‘ir judolikka uchradi. Biz xalq otasidan ayrildik. Prezidentimiz haqiqatni kо‘ziga tik boqadigan mard, jasur о‘z elining fidoyi insoni edi.

Vatanimizning mard jasur о‘g‘lonlari qatog‘on qilingan, eng zо‘r chinorlari yо‘q qilingan davrda I.Karimov tavallud topganlar. Ular xuddi shunday Vatan uchun jonini ham fido qiladigan yо‘lboshchini orzu qilgandir...
Mustaqillikdan oldin Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshbandlarning muqaddas xoklariga e’tibor bormidi? Amir Temur, Bobur Mirzo va boshqa ulug‘ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi tuproqlarda qorishib yotgan edi? Ularning muborak nomlarini kim tikladi? Ularning ziyoratgohlarini obod qilishda kim bosh-qosh bо‘ldi?
Mustaqillikni qо‘lga kiritib, nochor iqtisodiyotdan, tо‘kinchilik va tinch hayotga Muhtaram Prezidentimizning besh tamoyilga asoslangan “О‘zbek modeli” bizni mana shunday farovon kunlarga olib keldi.

27 yil Islom Karimov shu yurt uchun jonini ham ayamasdan, xalqimizni tinch-farovon hayoti uchun kurashib jonini garovga qо‘yib jasorat bilan faoliyat yuritdi. U xalqning qalbidan chuqur joy olganligini vidolashuv onlarida odamlarning yurakdan faryod urib yig‘lashlarida, ba’zilarning esa unsiz dard-alam bilan otam, deb yig‘lashlarida guvoh bо‘ldik.

Prezidentimiz “Elim deb yurtim deb yonib yashash kerak”ligini о‘zlari bizlarga namuna bо‘lgan holda elimizga о‘rgatdilar. ”Yurtboshimiz yoshlar bilan uchrashganlarida, “О‘zbekiston yoshlari mening farzandlarim, ularni hech kimga bermayman”, derdilar
О‘zbekistonlik yoshlar baland ovoz bilan: “Biz, yoshlar, sizning munosib vorisingiz bо‘lib, siz boshlagan ishni davom ettiramiz va Mustaqillikni hech kimga bermaymiz!!!”.

О‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi. Ular olib borgan islohotlar esa Vatan kelajagining yanada ravnaq topishida dasturilamal bо‘lib xizmat qilishi muqarrar.
Har bir akadem guruhda “Xotira dars”lari el ardoqlagan, taniqli insonlar va professor-о‘qituvchilar tomonidan о‘tkazildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.