создание топика, блога, фотосета или ссылки

Islom Karimov – O‘zbekiston mustaqilligining me’mori

Тарихий саналар
Образование и наука
Joriy yilning 26 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 dekabrdagi (01-07/1-2987-son) “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo‘yicha tadbirlar rejasi”ga asosan, Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari bilan “Islom Karimov – O‘zbekiston mustaqilligining me’mori” mavzusida uchrashuv va ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi.
 
Mazkur tadbirda Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan foto va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 
Tadbirda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazi mudiri Vahob Qo‘chqorov, O‘zMU “Tarix” fakulteti katta o‘qituvchisi Abror Xidirov, Islom Karimov stipendiyasi sovrindorlari: O‘zDJTU talabasi Dilbarxon Xoljigitova, TDSHI talabasi Jasur Niyazaliyev va TAQI talabasi Nihola Quddusova o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda notiqlar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti, faoliyati, Vatan istiqboli yo‘lidagi xizmati, mamlakat taraqqiyotini yuksaltirishda qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritdilar.
Tadbir davomida “O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi” nomli hujjatli film namoyish etildi. 

0 комментариев

Только зарегистрированные и авторизованные пользователи могут оставлять комментарии.