топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Siz kiygan libos tarbiyaga bo‘lsin xos

Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти
Илм-фан
I.I.Yusupov
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
 
Joriy yilning 25 oktyabr kuni “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetida “Siz kiygan libos tarbiyaga bo‘lsin xos”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda fakultet dekan muovinlari O.Xolmuratov, I.Yusupov, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Toyirova, PSTF xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Dustova hamda talaba- qizlar ishtirok etdi.
 

Tadbirda xalqimiz azal-azaldan umrboqiy an’ana, milliy urf-odatlari bilan nom taratgan. Uvaysiy, Nodirabegim, Zebiniso, Zulfiyaxonim kabi axloqda, tafakkurda, iste’dodda tenggi yo‘q o‘zbek ayollarining hayot yo‘li avlodlar uchun katta ibrat maktabi ekanligi, o‘zbek ayollari nafaqat o‘zining latofati, balki, kiyinish odobi, libos tanlash madaniyati bilan ham ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.