топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

KITOB – GO‘ZAL OLAMDIR

Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти
Илм-фан
I.I.Yusupov
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10 oktyabr kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyida “Kitob – go‘zal olamdir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davra suhbatida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Bo‘lib o‘tgan davra suhbatida “Kitob — beminnat ustoz. Inson hayotida kitobning o‘rni beqiyosligi, kitob doimo bizni fikrlashga, halol yashashga, Vatanni sevishga, jamiyat taraqqiyotiga hizmat qilish va ma’naviy me’rosimizni asrashga, ezgulikka chorlab kelganligi to’g’risida” — fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov gapirib o’tdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.