топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Payshanba – profilaktika va jinoyаtchiliklarga qarshi kurashish kuni

ТАТУда учрашув
Учрашувлар
 2017 yil 4 may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  mazkur tadbir doirasida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi  katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Rasuljon Rahmonov  hamda Akademiyaning 4 – bosqich  tinglovchilari Humoyun Hojiakbarov, Abdurasul Turobjonov, Muhammadali Isroilov, Humoyun Homidov, Otabek Qo‘chqorov, Alijon Bekmirzaev, Bekzod Madrahimov, Dostonbek  Imomaliev, Alisherbek Ahmedov, Furqatjon Husanboev,  Mo‘minjon Umaraliev, Mustafo Mamasoliev  va boshqalar  tashrif buyurib,  talabalar ishtirokida   tadbir o‘tkazdilar.



     Tadbir institut  ilmiy kengashlar zalida, 1- va 2 — ma’ruzalar zallarida  tashkil etilib, unda jami 500 nafardan ziyod talabalar, professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.

     Profilaktika tadbirida so‘zga chiqqanlar barcha  yig‘ilganlarni 9- May- Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab,  viloyat IIB haftalik  axborotnomasi bilan tanishtirdilar. Shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik ishlar xususida gapirib o‘tdilar. Jumladan, diniy ektremizmni oldini olish,  ISНIDchilarning noqonuniy hatti-harakatlari, qo‘poruvchilik  ishlarining dahshatli oqibatlari, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik, yoshlarning bilib-bilmay ana shunday  yo‘llarga kirib qolayotganliklari  haqida gapirdilar. Afsuski, bunday kimsalar siz bilan bizning  yurtdoshlarimiz,  atrofimizdagi odamlar bo‘lib chiqayotganliklari  achinarli hol bo‘lib, ulardan ogoh bo‘lib, bunday harakatlarning oldini olishga hissa qo‘shish, tegishli idoralarni xabardor qilish zarurligi haqida gapirib o‘tdilar.


     Shuningdek, so‘zga chiqqan  tinglovchilar  Prezidentimiz Sh.Mirziyoуevning tibbiyot xodimlarining yetakchi xodimlari bilan uchrashuvi hamda videoselektor yig‘ilishlarida belgilab bergan vazifalarni og‘ishmay amalga oshirishda bo‘lajak shifokorlarning ham hissasi katta ekanligini  ta’kidlab, yanada mas’uliyat bilan  faoliyat olib borishlarida   omadlar tiladi. Tibbiyot xodimlari jamiyatning eng ilg‘or va yetakchi kuchi  ekanligini e’tirof etib, Prezidentimizning va xalqimizning ularga bo‘lgan ishonchini oqlashlarida sidqidildan mehnat qilishlarini  aytib o‘tdilar.
     Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzining  targ‘ibotiga bag‘ishlangan film hamda jinoyatchilik va  giyohvandlikni oldini olishga qaratilgan “Umr zavoli” nomli videorolik namoyish qilindi. Uchrashuv chog‘ida talabalar o‘zlarini  qiziqtirgan savollari  bilan mutaxassislarga murojaat qilib, yetarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.