топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Vatanni mardlar qo’riqlaydi.

Toshkent Moliya Instituti
Barchamizga ma’lumki Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob sharafli ish bo’lmasa kerak. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yo‘lda erishgan eng katta yutug‘imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz g‘urur bilan, minnatdorchilik bilan e’tirof etmoqda.
Siz-u bizga tarixdan ma’lumki Vatan ozodligi yo’lida qanchadan qancha insonlar o’z jonini fido qilishgan. Bobolarimiz Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro va birqancha yosh vatandoshlarimiz ham shular qatorida. 14 -yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bugun joylarda bir qancha tadbirlar o’tkazilib, xizmat vaqtida halok bo’lganlar oilalariga ham tashrif buyurilmoqda. Mana shunday uchrashuv  magistratura bo’limi tomonidan Yunusobod 14- mavze, 14a-uy, 62- xonadonda istiqomat qiluvchi, o’g’illari xizmat vaqtida halok bo’lgan onaxonimiz Jamilya Sattarova xonadonlariga tashrif buyurilib, holidan xabar olindi.
 
Tashrif chog’ida onaxon o’z minnadorchiliklarini bildirib, Vatanimiz va oilalarimiz tinchligi uchun qo’llarini duoga ochdilar.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.