топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Ilm o‘qing yuksalasiz yohud hozirgi ta’lim olayotgan yoshlarning murabbiylarga bo‘lgan munosabati”

Toshkent Moliya Instituti
2017-yil 5-aprel kuni Toshkent moliya instituti faollar zalida Hisob va audit fakulteti “Moliyaviy tahlil” kafedrasida tashabbusi bilan “Movarounnahr” nashriyoti tomonidan nashr qilingan Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobning taqdimoti hamda “Ilm o‘qing yuksalasiz yohud hozirgi ta’lim olayotgan yoshlarning murabbiylarga bo‘lgan munosabati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida institutning Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor X. Shennayev  o‘zining kirish so‘zi bilan ochdi berdi va tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan  mehmon bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng so‘zni taklif etilgan  mehmon Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom xatibi va Mirzo Yusuf jome masjidi imomi Rahmatulloh qori Sayfuddinovga berildi.
Tadbirda  bugungi tinch osoyishta xayotimizda yoshlarni ona-yurtga muhabbat, vatanga sadoqatli, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashuvchanlik immuniteti yuqori, ma’nan yetuk, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida komil shaxs etib tarbiyalanishida O‘zbekiston musulmonlar idorasi va mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan hodimlar tomonidan tayyorlanayotgan qo‘llanmalar, adabiyotlarning roli va ahamiyati beqiyosligi, ana shunday maqsadlarda “Movarounnahr” nashriyoti tomonidan bosmadan chiqarilgan “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobi bo‘lib, ushbu kitobda internet orqali amalga oshirilayotgan tahdidlar, yoshlar ongiga salbiy ta’sir etadigan buzg‘inchi g‘oyalar va “ommaviy madaniyat” niqobi ostida madaniyatsizlikning salbiy oqibatlari aniq dalillar va xayotiy misollar asosida yoritilganligi; bunday taxdidlarga qarshi kurashish va yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakillantirish asoslari milliy va diniy jixatdan bayon etilganligi; shuningdek, buzg‘inchi g‘oyalarning asl qiyofasi xayotiy faktlar, savol-javoblar va psixologik testlar orqali batafsil ifodalanganligi to‘g‘risida fikr yuritib, yoshlarni ushbu kitobdan keng foydalanishligi to‘g‘risida tafsiyalar berib o‘tdilarva xozirgi kunda yoshlarga turli ijtimoiy tarmoqlar, mobil dasturlari va turli vositalardan axborot hurujlari orqali ta’sir qilishga urinishlar ko‘p bo‘lmoqda. Bu esa bizni doim ogoh bo‘lishimiz zarurligini anglatadi.
Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etishib, mutaxassislar tomonidan ijobiy javoblar olishdi.

1 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.