топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv!

Toshkent Moliya Instituti
Toshkent moliya institutiga Turkiyalik mehmonlar tashrif buyurishdi. Toshkent moliya institut rektori prof.Nizomiddin Xaydarov, prorektor dots. Jasur Karimqulov «Xalqaro aloqalar bõlimi» boshliği Uluğbek Xoliqov va «Turk tili õqituvchilari va izlanuvchilari» markazi rahbari filolog, prof.Yashin Sharif, Turk estrada xonandasi Sinan Õzen bilan birgalikda qizğin davra suhbati õtkazib, yangi loyiha bõyicha kelishib oldilar. Sõngra mehmonlar «Moliya-iqtisod» fakultetiga taklif etilib, fakultet dekani dots.Davron Rustamov boshchiligida fakultet binosi, dars jarayonlari bilan tanishib chiqishdi. MM96i-guruhida ingliz tilida olib borilayotgan dars jarayonida ishtirok etib, talabalarning faoligi xorijiy tillarda erkin sõzlasha olishlariga yuksak baho berdilar. «Moliya» kafedrasi mudiri prof.Tohir Malikov va kafedra yosh õqituvchilari bilan yaqindan tanishib, õzbek va turk tilining qanchalik bir biriga yaqinligi va kelgusi Moliya instituti bilan boğliq rejalar haqida suhbatlashdilar. 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.