топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O’zbekiston “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy Harakati Markaziy kengashi tomonidan tashkil qilingan «Munozara» ko’rik tanlovining Respublika bosqichi g`oliblari aniqlandi

Спасибо за Победу!
Маданият ва маърифат
15 avgust  kuni  qadim  Buxoroda  boshlangan  “Munozara”  to’garaklari  jamoalari  o`rtasidagi  III Respublika  turnirining  hayajonli  daqiqalari  yetib  keldi.
Uch kun davom etgan bellashuvlarda jamoalar saralash, chorak final, yarim final bahslarida o`z qobiliyatlarini namoyon etishgan bo`lsa, Buxoro Muhandislik-texnologiya institutida “Inson kamolotida ijtimoiy muhit muhim” mavzusida o`tgan final bellashuvlari esa qizg`in taassurotlarga boy bo`ldi.
Unda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari Sarvar Ashurov, Harakatning Buxoro viloyati Kengashi raisi Nodir Salixov va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari so`zga chiqib, barcha jamoalarni qutlashdi. Final bosqichida Xorazm viloyati jamoasi “Inkor”, Surxondaryo viloyati jamoasi esa “Tasdiq” pozitsiyalarda o`z nuqtai nazarlarini himoya qilishdi.
 
Turnirning yakuniy natijalarga ko`ra, Surxondaryo va Xorazm viloyati jamoalari 1-o`rin, Toshkent viloyati 2-o`rin hamda Andijon viloyati jamoasi 3-o`rin g`olibi deb topildi. G`olib jamoalar diplom, statuetka, qimmatbaho esdalik sovg`alari hamda “Kamolot” kutubxonasi kitoblari bilan taqdirlanishdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.