топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan fotoko'rgazmadan fotolavhalar!

Маънавият Гулшани
  
Esingizda bo’lsa ZiyoNet ta’lim portal telegram messengeri rasmiy kanali orqali (@ziyonetofficial) O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov hayotiga bag’ishlangan tanlovi bo’lib o’tishini e’lon qilgan edi.
 
 
Tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarni saralash va g’olibni aniqlash fursati yetdi.
Joriy yilning 15 avgust sanasida Toshkentning fotosuratlar uyida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti hayoti va  faoliyatiga bag’ishlangan  fotoko’rgazma hamda uning portretini yaratish bo’yicha ijodiy tanlov natijalariga bag’ishlangan badiiy ko’zgazma ochildi. Ko’rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar 30dan ortiq saralangan suratlarda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining sermazmun hayoti aks ettirilgan ijod namunalaridan bahramand bo’lishlari mumkin. Fotoko’rgazma orqali san’at ihlosmandlari Bahodir Djalolovning “Quyosh tutilgan kun”, Akmal Ikromjonovning “Zarrin kun”, “I.A.Karimov portreti”, Sobir Raxmetovning “I.A.Karimov portreti”, Avaz Sharipovning “I.A.Karimov portreti”, Bahodir Djalolovning “Muhabbatdan yuksak muhabbat yo’q”, “Buyuk yo’l”, “ Yangi kunni chorlab”, “Qahramon”, Zuhriddin Islamshikovning “I.A.Karimov portreti”, Ulug’bek Boltaboyevning I.A.Karimov portreti”, Xusan Qosimovning “I.A.Karimov portreti” nomli ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishishlari va ularga baho berishlari mumkin.
 
Kaminaga fotoko’rgazmada namoyish etilgan ijod namunalaridan Avaz Sharipovning “I.A.Karimov portreti” manzur keldi. Suratda ranglarning o’zaro uyg’unligi kishiga o’ziga xos jozibadorlikni baxsh etadi. Dilda ajib hislarni uyg'otadi...

Shuningdek, ko’rgazmaning ilk kunida tanlov g’oliblari e’lon qilindi. Tanlov natijalariga ko’ra:
 1-o'rin - Xalq rassomi Bahodir Jalolov
 2-o'rin-Zebiniso Sharipova
 3-o'rin-Maqsud Qosimovlar  egallashdi.
Eslatib o’tamiz, fotoko’rgazma 15 avgustdan 25 avgustga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha davom etadi. Kirish bepul!  
 
 

 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.