топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Yosh kitobxonlar” Respublika Ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
 
2017 yil 16 iyun kuni “Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovining oliy ta’lim muassasalariaro hududiy bosqichi o‘tkazildi. Hududiy bosqichda Samarqand Davlat universiteti, Guliston Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti, Jizzax Davlat pedagogika instituti talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Jamoalarning belgilangan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan nizomda belgilangan baholash mezonlar asosida baholandi. «Kitob-tafakkur xazinasi» maqolalar yo‘nalishida SamDU filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Jabborova Dilafro‘z, «Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi» yo‘nalishida SamDU filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Muhamadiyeva Diyora, «Yosh ijodkor talaba» yo‘nalishida JizDPI filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Alimov Avazbek, «Asarlardan yaralgan sahna asarlari» yo‘nalishida SamDAQIning “Ulug‘bek vorislari” jamoasi, «Asarlardan yaralgan navolar» yo‘nalishida SamDU kasbiy ta’lim fakultetining musiqa yo’nalishi 3-kurs talabasi Abduvahobov Sardorbeklar 1-o‘rinni egalladilar.
G‘oliblar tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.