топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Yagonasan, muqaddas Vatan!”

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
   
2017 yil 6 iyun kuni «Yagonasan, muqaddas Vatan!» ko’rik-tanlovining ikkinchi (Samarqand viloyat oliy ta’lim muassasalariaro) bosqichi tashkil etildi.
Ko’rik-tanlovning ikkinchi bosqichida o’z ta’lim muassasalarida g’olib deb topilgan Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, Samarqand davlat qishloq xo’jaligi instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Samarqand davlat tibbiyot instituti badiiy jamoalari va yakka ijrochilari qatnashdi.
Ko’rik-tanlovda qatnashchilar o’zlarining Vatanni madh etuvchi, milliy qadriyatlarimiz, tinch va osuda hayotimiz, go’zal tabiatimiz, yurtimiz jamolini, istiqlol davrida erishgan ulkan yutuqlarimizni tarannum etuvchi qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi.
«Yagonasan, muqaddas Vatan!» ko’rik-tanlovining ikkinchi (Samarqand viloyat oliy ta’lim muassasalariaro) bosqichida Samarqand davlat universiteti “Guldasta” vokal guruhi (yakkaxon 1-kurs talabasi Temirova Mavluda) “Azizsan Vatan!” qo’shig’i bilan 1-o’rin, Samarqand davlat chet tillar instituti 1-kurs talabasi Eshboyeva Surayyo “Vatan” qo’shig’i bilan 2-o’rin, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti 3-kurs talabasi Atavullayev Murodxon “O’zbekiston” qo’shig’i bilan 3-o’ringa munosib deb topildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.