топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Xotira muqaddas, qadr abadiy

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Xotira-muqaddas-qadr-abadiy9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand davlat universitetida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bayram arafasida 220 nafar universitetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan marhum ustozlarni xotirlab ularning oila a’zolariga, shuningdek 196 nafar bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan faxriy ustozlarga bayram tabriklari yetkazildi. Urush qatnashchilari, front orti hamda mehnat faxriylari universitet ma’muriyati tomonidan pul mukofotlari, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2017 yil 5 may kuni bayram munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti hamda mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘ ekanligi, o‘tganlarni, ularni xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilat ekanligi haqida gapirdilar. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.S.Qosimov ishtirok etdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.