топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Universitetning 90 yilligiga bag‘ishlangan ko’rgazma

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
      
2017 yilning 7 iyun kuni Kasbiy ta’lim fakultetida Universitetning 90 yilligi munosabati bilan “Biz O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida tasviriy san’at asarlari va amaliy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmani Universitet Ma’naviy-marifiy ishlari  prorektori A.A.Eshtayev ochib berdi va ko‘rgazma tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Ko‘rgazmada fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan ishlangan yuzlab  san’at asarlari va to‘garaklarda bajarilgan amaliy ishlar o’rin olgan. Tasviriy san’at kafedrasi o‘qituvchisi Jamoliddin Raxmatov va 404-gurux talabasi Kamron Hamidullayevlar muallifligidagi san’at asarlari hamda mehnat ta’limi kafedrasi ishlab chiqarish ta’limi ustasi Shojalil Mustafayevlar tomonidan yaratilgan o‘ymakorlik ishlari  (lavx, karovat, shaxmat doskalari, har – xil shakldagi qutilar) shuningdek talabalar tomonidan tikilgan va to‘qilgan kiyimlar ko‘rgazma ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.