топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Samarqandda yirik xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
img
Samarqand shahrida 28-avgust kuni “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘ladi. 
Konferensiya Markaziy Osiyo olim va mutafakkirlarining tarixiy merosini chuqur o‘rganish va anglash, jahon jamoatchiligini ularning aniq, tabiiy fanlar va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi bilan kengroq tanishtirish, ilmiy markazlar va olimlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyuldagi farmoyishiga muvofiq ushbu anjumanga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.  

Konferensiyada Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy kabi ulamolarning ma’naviy merosi tahliliga alohida e’tibor qaratiladi. 

Mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi olimlarning ma’ruzalarida Markaziy Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda ro‘y bergan ilmiy-madaniy uyg‘onish davrining turli jihatlari keng yoritiladi. 

Anjumanda YuNESKO, IHT, AYSESKO, IRSIKA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, jahonning yirik muzeylari, ilm-fan va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Konferensiya yakunida tezislar to‘plami chop etilishi mo‘ljallangan. 
manbaa: samdu.uz 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.