топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Samarqand Davlat universitetida “Start-ap va Mehnat yarmarkasi” tadbiri

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
  
Samarqand Davlat universitetida 2017 yil 14 iyun kuni universitet bitiruvchilari bilan “Start-ap va Mehnat yarmarkasi” tadbiri o‘tkazildi. Yarmarkani universitet rektori R.I.Xalmuradov kirish so’zi bilan ochdi va olib bordi.
Yarmarka davomida viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi vakili N.S.Odilov, Xalq ta‘lim boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.Sharipova, Viloyat “Kamolot”YoIHning Tadbirkorlik va biznes bo‘yicha bosh mutaxassisi N.A.Qudratov, viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Ya.S.Sayidmaliyevlar so‘zga chiqdilar.      Ular “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasiga asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilganligi, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish haqida batafsil ma’lumot berdilar.    
Mehnat yarmarkasida viloyatning 40 dan ziyod takshilot va ta’lim muassasalarining vakillari 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi hamda shartnomalar tuzishga erishdi.
Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan universitetning 335 nafar bitiruvchisining ro‘yxati vazirlikka taqdim etilgan. Tadbirda ushbu yosh tadbirkorlar hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchi-tadbirkorlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida yosh tadbirkorlarning biznes-loyihalari muhokama qilindi hamda ularga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 maydagi 15-son yig‘ilish bayonining 5-ilovasi taqdim etildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.