топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Salomatlik-tuman boylik

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Salomatlik –har bir inson uchun bebaho boylik sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishining muhim shartlaridan hisoblanadi. Sog`lom inson istalgan jamiyatda katta kuchga yaratuvchanlik vazifasini bajarib,intellectual va jismoniy qobilyatining manbai   hisoblanadi.
   Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarixi bo'yicha sog'liq — bu inson organizmining nafaqat kasallik va har xil jismoniy kamchiliklardan holi bo'Iishi, balkim, uning ijtimoiy, ruhiy va jismoniy rivojlanish holatlarining to'liq osoyishta bo'Iishi hamdir. Yosh avlodni jismonan va ruhan sog'lom fikrli qilib tarbiyalash oily ta'lim istiqboi taraqqiyoti asosi hisoblanadi. Yosh avlod shakllanishi uchun ularda sog'lom xulq odobini, ya'ni sog'lom yashash tarzi tushunchasini shakllantirish kerak. Sog'lom yashash tarzi — bu insonlaming o'zlarining va atrofdagi kishilarning sog'lig'ini saqlash, uni yaxshilash (tiklash) va mustahkamlashlari uchun bilishlari zarur bo'lgan ilmiy asoslangan bilimlar, amaiiy ko'nikimalar va shu ko'nikmalarga kundalik hayotda amal qilishi shart bo'lgan maromiy va me'yoriy tartib qoidalar majmuasidir.
 
Sog'lom yashash tarzini asosiy tarkibiy qismlariga kun tartibi, ovqatlanish tartibi, jismoniy va tibbiy faollik, oila va nikoh, mehnat qilish va dam olish, shaxsiy pokizalik, ruhiy osoyishtalik, o'z sog'lig'ini o'zi nazorat qilish, o'zini o'zi uyg'un (ma'naviy, jismoniy, jinsiy) tarbiyalash, zararli odatlar (ichish. chekish, giyohvandlik) dan holi bo'lish odoblari kiradi. Yosh avlod sog'lom bo'Iishi uchun sog'lom yashash tarzining barcha tarkibiy qismlari bo'yicha ma'lum bilimlarga ega bo'Iishi zarur. Ana shu bilimlar bo'yicha insonda ma'lum amaiiy ko'nikamalar shakllanadi. Xalqimiz orasida nosog'lom yashash tarzi ko'proq shakllangan oilada tibbiy madaniyatning yetarli darajada bo'lmasligi yosh avlod sog'ligini yomonlashtiruvchi xavf-xatarli omillarga sabab bo'ladi. Inson sog'ligining 50-55% i uning nosog'lom yashash tarziga bog'liqligi isbotlangan, ya'ni nosog'lom yashash tarzi — kun tartibi ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik, zararli odatlarni qo'llash, dam olishning buzilishi va hokazolar. Sog'liqning 50-55 % iga yomonlashuviga olib keladi. Jamiyatimizning ko'pchilik qatlamlarida nosog'lom turmush tarzi odatga aylangan. Ya'ni sharqona quda-anda bo'lish (bo'lajak kelin-ku> ovlarning nasl-nasabini surishtirish), nikohdan keyingi chilla va boshqaiar deyarli yo'qolib ketgan. Nikoh oldi va nikoh marosimlari o'zgarib ketgan, ichkiiiksiz o'tmaydi. Yoshlar tanishganda ham, nikoh marosimlarida ham, to'ydan keyingi chillada ham ichishadi va chekishadi. Dinimizda ichish, chekish man qilingan. Bobomiz Amir Temur:- «Men bolalarim va nabiralarimni uylantirishda kelin bo'lmishning yetti pushtini surishtirib bildim. Agar uning nasl-nasabi toza bo'lsa, jismoniy kamolotdan va axloq-odobda namunali bo'Isa, xalqqa to'y-tomosha berdim. Avlodim sog'lom bo'Iishi uchun, bolalarim va aabiralarimga ichishni man qildim» — degan. Demak, bu borada ham yoshlarda nosog'lom yashash tarzi shakllangan. Davlatimiz aholisining 33,3 % i, ya'ni respublikamiz har 3-feqarosi 14-30 yoshgacha bo'lgan yigit va qizlardir. Turli oily o'quv yurtlarida tahsil ebyotgan talabalar sog'ligi tekshirib ko'rilganda, ularning 40 % ida surunkali kasalliklar psixik va asab kasalliklari, yurak-qon tomir tizimi, hazm tizimi kasalliklari) aniqlangan.
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining quyidagi hulosasi yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Unda Markaziy Osiyo respublikalari aholisi sog'liqlarining yomonlashuviga Naming ko'pchilik orasida sog'lom yashash tarzining amaiiy ko'nikmalari yo'qligi sabab bo'knoqda deyiladi.
Yoshlar salomatligining sohasidagi ahvoi tahlili shuni ko'rsatdiki, yosh avlodni jismonan barkamol va ma'nan axloqli qilib tarbiyalash dolzarb muammolardan biriga aylangan. Bu muammoning yechimi yosh avlodni, talaba yoshlarni o'z salomatligiga e'tibor qaratishlari, sog'ligi haqida qayg'uradigan darajaga yetishlari hamda sog'lom turmush tarziga rioya qilib yashashlaridir. Talabalarni bu darajaga yetishtirishning asosiy yo'li ularning bu boradagi xabardorligini oshirish, bu tushunchalarni ularning ongiga singdiruvchi tadbirlarni bajarishdir.


 

1 изоҳ

avatar
 
Hurmatli muallif, quyida maqola joylashtirish tartibi yuzasidan qo'llanma keltirilgan, e'tibor bilan yondoshishingizni so'rayman.
fikr.uz/blog/faq/fikr_uz-ga-jilaetgan-ma_olalarga-b_lgan-talablar.html
 
Hurmat bilan,
Fikr.uz moderatorlari.
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.