топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+1536.07
avatar

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Батафсил

Akademiklar bilan uchrashuv


2018 yil 22 fevral kuni “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari, Fanlar akademiyasi Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Timurbek Bekmurodovich Usmanov, Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Baxadirxanov Muhamed Kabir Saidxonovichlar bilan Samarqand davlat universiteti fiziklari hamda Samarqand davlat universiteti 1-son Akademik litsey o’quvchilari bilan uchrashuv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Innovatsiya va atrof muhit muhofazasi

img
2018-yil 20-fevral kuni Geografiya va ekologiya fakulteti faollar zalida «Innovatsiya va atrof muhit muhofazasi» mavzusidagi davra suxbati bo'lib o'tdi.
Davra suhbatida ilmiy ishlar bo'yicha prorektor H.Xushvaqtov, Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor M.Nosirov, fakultet dekani S.Abbosov va fakultet professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Talabalik – oltin davrim

img
2018 yil 15 fevral kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida tarix fakulteti 1 kurs talabalari bilan Talabalik – oltin davrim mavzusida tadbir tashkil etildi. 
Unda universitet, fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, 1-kurs talabalari va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbirda universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Eshtayev bugungi kun talabasi oldida turgan eng muhim vazifalar haqida to‘xtalib, ilm olish va ta’limni, tarbiyani, odob-ahloqni, xushhulqlilikni bab-baravar doimiy ravishda o‘stirishga harakat qilish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi M.Djurakulov o‘z chiqishida universitet va fakultetning yaqin

Samarqand davlat universitetida Islom Karimov xotirasi yod etildi

img
Samarqand davlat universitetida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Xotirangiz qalblarda mangu” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli olimlar, deputatlar, professor-o‘qituvchilar, keng jamoatchilik vakillari hamda talabalar qatnashdi.

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida Erasmus+2018 yil uchun loyihalari taqdimoti

img
Samarqand davlat universitetida Erasmus+ 2018 yil uchun loyihalari bo‘yicha axborot kuni taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda universitetning bir guruh faol professor-o‘qituvchilari va talabalar qatnashdilar.
Unda “Erasmus+ kredit mobilligi loyihalarida ishtirok etish tajribasi, yangi ishtirokchilarga maslahatlar”, “Jan Mone loyihalari”, “KA2 — Capacity Building in the field of youth” mavzulari taqdimot qilindi.

Konstitusiya - baxtimiz qomusi

img
2017 yil 6 dekabr kuni Samarqand davlat universitetining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi  munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda universitet rektori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi  R.Xalmuradov universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarini bayram bilan tabrikladi. Tadbirda  Samarqand viloyat  Adliya boshqarmasining yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash sho‘basi mudiri Sh. Shodiyev «Konstitusiya-davlatimiz barqaror  rivojlanishining kafolati» mavzusida ma’ruza qildi.

“Millatimiz iftixori” mavzusidagi maqolalar tanlovi


O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof  Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi PQ 2854-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2017 yil 29 martdagi 175-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida universitet talabalari o‘rtasida “Millatimiz iftixori” mavzusida maqolalar tanlovi nizom talablari asosida o‘tkazildi.

Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari


2017 yil 13-oktyabr kuni Geografiya va ekologiya fakultetida SamDU xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda «Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni SamDU xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh.B.Tuxliyeva olib bordi. Unda Samarqand viloyati ilmiy-amaliy oila markazi raisi R.Sh.Toshquvvatova, Samarqand shahar 2-son FHDYo bo‘lim mudiri Z.N.Axmedova, Salomatlik va tibbiy statistika instituti viloyat filiali direktorii N.O‘.Ergasheva, Biologiya va kimyo fakulteti 4-kurs talabasi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi stipendianti G.Abbosovalarning «Oila-farog‘at qasri», «Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari oqibatlari»,

Ma’naviy sog‘lom, barkamol qizlarni tarbiyalash - bugungi kun talabi

img
Samarqand shaxar xotin-qizlar qo‘mitasi, Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti, Pedagogika fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda, Pedagogika fakultetida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “Ma’naviy sog‘lom, barkamol qizlarni tarbiyalash — bugungi kun talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.