топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+1536.07
avatar

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Батафсил

Universitet va “Самаркандский вестник”: hamkorlik istiqbollari

 
Rus filologiyasi fakultetida “Самаркандский вестник” gazetasi tahririyati xodimlari va muxbirlarining talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalarining birlashgan tahririyati muharririning o‘rinbosari Anastasiya Pavlenko yaqindagina o‘zining 100 yilligini nishonlagan “Самаркандский вестник” gazetasining faxriy jurnalistlari, doimiy va jamoatchi muxbirlari, gazetaning uzoq yillik tarixi, bu yerda ishlagan taniqli jurnalistlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Shuningdek, talabalar gazeta xodimlarining bugungi izlanishlari, xalq va jamoatchilik e’tiborini tortadigan masalalar yuzasidan materiallar tayyorlash sirlaridan ham voqif

Salomatlik spartakiadasi

Salomatlik spartakiadasi 1
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Universitetda sportni ommalashtirish, pedagog-xodimlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, kasaba uyushmasi va “Talaba” sport klubi tomonidan sportning basketbol, voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha 40-salomatlik spartakiadasi o‘tkazildi.
Bellashuvlar quyidagicha yakun topdi:
Futbol musobaqasida:           
1-o‘rinrektorat jamoasi,

“Universitet - akademik litsey” o‘zaro hamkorligi

uzaro hamkorlik 1
2017 yil 18-aprel kuni Samarqand davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litseyida (Urgut sh.) SamDU fizikaviy kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilarining litsey jamoasi (o‘qituvchilari va talabalar) bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida fizikaviy kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan prof.N.Q.Muxamadiyev, dos. K.F.Xalilov, ass. I.X.Ruziyevlar “Kimyoning jamiyatdagi o‘rni” va “Zamonaviy nanokimyo ” mavzularida ochiq darslar o’tishdi. Ochiq darslar zamonaviy pedagogik va informasion texnologiya yutuqlaridan foydalanilgan holda yuqori ilmiy-uslubiy saviyada o‘tkazildi. Darslarda talabalar faol ishtirok etishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.

Bilimdonlar kuni

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ilngliz-tili-bilimdonlari-1  Ilngliz-tili-bilimdonlari-3
Samarqand davlat universitetining 90 yillik yubileyiga bag’ishlangan “Bilimdonlar kuni” munosabati bilan 2017 yil 20 aprel kuni universitetning Bosh binosida ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ingliz tilida “Sharq allomalarining jahon sivilizasiyasiga qo’shgan o‘rni” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

“Ko‘k kit o‘yinining salbiy oqibatlari”

Kuk kit 1
2017-yilning 13-aprel kuni Filologiya fakultetida “Internet tarmoqlari orqali kirib kelayotgan turli illatlarga qarshi kurashish”: “F-57 ko‘k kit o‘yinining salbiy oqibatlari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Treningda Filologiya fakulteti dekani J.Eltazarov, dekan o‘rinbosari N. Ubaydullayev, Samarqand shahar IIB XOOB bo‘limi boshlig‘i X.Umarov, “Murod avliyo” masjidi imom-xatibi F.Xursanov, fakultet murabbiylar kengashi raisi U.Qobilov, guruh rahbari N.Muhiddinova va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.