топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mehribonlik uyiga tashrif

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
  
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Amaliy matematika va informatika fakulteti o‘qituvchisi Doliyev Sherzod hamda 2-02 guruh talabalari 1-son mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.
Ular tarbiyalanuvchilarini ko‘ngillarini ko‘tarish maqsadida xayrli tadbir tashkil etishdi. Tadbirda mamlakatimizda ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanishi, O‘zbekiston — bolajon yurt,  xalqimiz esa azaldan bolajon xalqligi, mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston  qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalar qatorida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan so‘ng aynan Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya turishi ham buning yaqqol ifodasi ekanligi to‘g‘risida fikrlar bayon qilindi.
Tadbir so‘ngida talabalar tamonidan tarbiyalanuvchilarga estalik sovg‘alar topshirdilar.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.