топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Hayot bag‘ishlaganingiz uchun rahmat

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
 
2017 yilning 1-iyun kuni Kasbiy ta’lim fakulteti foyesida “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ”munosabati bilan Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi kafedrasi o‘qituvchisi Nigina Jalolovna Mullajonovaning “HAYOT BAG‘ISHLAGANINGIZ UCHUN RAHMAT”rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmani fakultet dekani dots.O.I.Eshniyozov ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.
Ko‘rgazmada 60 dan ortiq rasmlar turli xil ko‘rinishdagi ijodiy ishlar, san’at asarlari va amaliy ishlar namunalari namoyish etildi.
Ijodiy zal talabalar tomonidan tayyorlangan aplikatsiyalar hamda shar va gullar bilan bezatildi.
Tadbirda bolajonlar uchun rasm chizish tanlovi bo‘lib o‘tdi. Barcha ishtirokchi bolalarga sovg‘alar ulashildi. Tadbirdan so‘ng Samarqand shahar Sattepo massivida joylashgan Mehribonlik uyi bolalariga sovg‘alar tarqatildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.