топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan seminar-trening

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
    
2017 yil 3 iyun kuni Samarqand shahrida Buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar bo’yicha prorektorlari ishtirok etdi.
Seminar treningda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy sohadagi bebaho merosini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar, mamlakatimiz hududida ilm-ma’rifat maskanlarining tashkil topishi va rivojlanishi tarixini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Talabalar ilmiy-ma’rifiy markazini tashkil etish konsepsiyasi muhokama etildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.