topik, blog, fotoset yoki yo`naltirgich yaratish

Рейтинг
+1536.07
avatar

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Batafsil

SamDUda “Xalqaro qizlar kuni” nishonlandi


2018-yil 11-oktyabr kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida “Xalqaro qizlar kuni”iga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatori N. Rabbimova, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari, shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Po‘latova, Samarqand shahar Oila ilmiy-amaliy markazi mutaxissisi G.Husainova, universitet Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh.To‘xliyeva hamda universitetning faol talaba-qizlari ishtirok etdi. 

Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz


Biologiya fakultetining faollar zalida 2018-yil 9-oktyabr kuni Samarqand viloyati Oila ilmiy-amaliy markazining direktori Shodiyeva Zebo Nurmamatovna, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining raisi Tojiboyev Ma’rufjon Mamatojiyevich, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Isomiddinov Yunusjon Yusubboyevich, SamDU Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Tuxliyeva Sharofat Bektashevna va Biologiya fakultetixotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Raxmatova Nigora Boturovna va Biologiya fakultetida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida «Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ajdodlar ruhiga ehtirom

img
Respublikamizda istiqlol yillarida tarixiy haqiqatni toptirish yo’lida Vatanimiz ozodligi va erkinligii yo’lida qurbon bo’lgan o’zbek xalqining farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o’rganish yosh avlodning insoniy burchidir. Bu ma’noda SamDU qoshida “Samarqand viloyati qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyining tashkil etilishi o’z Vatani tarixining og’ir, mashaqqatli sahifalaridan birini o’rganish uchun juda qulay imkoniyatdir.

“Katta adron kollayderida o‘tkazilayotgan fizik tadqiqotlar” Xalqaro konferensiyasi


2018 yil 14 sentyabr kuni universitet Bosh binosi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zRFA Yadro fizikasi instituti, Samarqand davlat universiteti, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Rossiya, Dubna shahri) hamda Yevropa yadro tadqiqotlari markazi (Shveysariya, Jeneva shahri) hamkorligida “Katta adron kollayderida o‘tkazilayotgan fizik tadqiqotlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Samarqand davlat universiteti va Gannover universiteti o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

img
Samarqand davlat universiteti Kimyo fakultetida 2018 yil 11 sentyabr kuni oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish maqsadida Germaniyaning Leybnits nomidagi Gannover universiteti professori Holger Butenshoen o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.