топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+1536.07
avatar

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Батафсил

Samarqand davlat universitetida Islom Karimov xotirasi yod etildi

img
Samarqand davlat universitetida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Xotirangiz qalblarda mangu” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli olimlar, deputatlar, professor-o‘qituvchilar, keng jamoatchilik vakillari hamda talabalar qatnashdi.

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida Erasmus+2018 yil uchun loyihalari taqdimoti

img
Samarqand davlat universitetida Erasmus+ 2018 yil uchun loyihalari bo‘yicha axborot kuni taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda universitetning bir guruh faol professor-o‘qituvchilari va talabalar qatnashdilar.
Unda “Erasmus+ kredit mobilligi loyihalarida ishtirok etish tajribasi, yangi ishtirokchilarga maslahatlar”, “Jan Mone loyihalari”, “KA2 — Capacity Building in the field of youth” mavzulari taqdimot qilindi.

Konstitusiya - baxtimiz qomusi

img
2017 yil 6 dekabr kuni Samarqand davlat universitetining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi  munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda universitet rektori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi  R.Xalmuradov universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarini bayram bilan tabrikladi. Tadbirda  Samarqand viloyat  Adliya boshqarmasining yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash sho‘basi mudiri Sh. Shodiyev «Konstitusiya-davlatimiz barqaror  rivojlanishining kafolati» mavzusida ma’ruza qildi.

“Millatimiz iftixori” mavzusidagi maqolalar tanlovi


O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof  Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi PQ 2854-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2017 yil 29 martdagi 175-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida universitet talabalari o‘rtasida “Millatimiz iftixori” mavzusida maqolalar tanlovi nizom talablari asosida o‘tkazildi.

Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari


2017 yil 13-oktyabr kuni Geografiya va ekologiya fakultetida SamDU xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda «Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni SamDU xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh.B.Tuxliyeva olib bordi. Unda Samarqand viloyati ilmiy-amaliy oila markazi raisi R.Sh.Toshquvvatova, Samarqand shahar 2-son FHDYo bo‘lim mudiri Z.N.Axmedova, Salomatlik va tibbiy statistika instituti viloyat filiali direktorii N.O‘.Ergasheva, Biologiya va kimyo fakulteti 4-kurs talabasi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi stipendianti G.Abbosovalarning «Oila-farog‘at qasri», «Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari oqibatlari»,

Ma’naviy sog‘lom, barkamol qizlarni tarbiyalash - bugungi kun talabi

img
Samarqand shaxar xotin-qizlar qo‘mitasi, Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti, Pedagogika fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda, Pedagogika fakultetida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “Ma’naviy sog‘lom, barkamol qizlarni tarbiyalash — bugungi kun talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Samarqandda dunyo taronalari yangramoqda


Samarqandda “Sharq taronalari” o‘n birinchi xalqaro musiqa festivali boshlandi. Registon maydonidagi asosiy sahnada qatnashchilar o‘z dasturlarini namoyish etishga kirishdi. 
Festivalning boshqa ishtirokchilari Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona”, “Yoshlik” istirohat bog‘larida, Samarqand pedagogika kolleji, “Nihol” amfiteatrida samarqandlik san’atkorlar bilan hamkorlikda konsert dasturlari namoyish etdilar. 

Samarqandda yirik xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi

img
Samarqand shahrida 28-avgust kuni “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘ladi. 
Konferensiya Markaziy Osiyo olim va mutafakkirlarining tarixiy merosini chuqur o‘rganish va anglash, jahon jamoatchiligini ularning aniq, tabiiy fanlar va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi bilan kengroq tanishtirish, ilmiy markazlar va olimlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyuldagi farmoyishiga muvofiq ushbu anjumanga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

“Yosh kitobxonlar” Respublika Ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi

 
2017 yil 16 iyun kuni “Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovining oliy ta’lim muassasalariaro hududiy bosqichi o‘tkazildi. Hududiy bosqichda Samarqand Davlat universiteti, Guliston Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti, Jizzax Davlat pedagogika instituti talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.

Ikki avlod uchrashuvi

 
Samarqand davlat universitetining 90 yillik yubileyi munosabati bilan Biologiya va kimyo fakultetida Ustoz shogird ruknida “Ikki avlod uchrashuvi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda SamDU Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori A.A. Eshtayev,  murabbiylar kengashi raisi U. Jo‘rayev va fakultetda uzoq yillar davomida samarali mehnati qilgan ustoz-murabbiylar ishtirok etishdi.

Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi

  
Samarqand davlat universitetining 90 yillik yubileyi munosabati bilan 13 iyun kuni soat 11:00 da Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitusiya qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” mavzusidagi ma’ruzasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.