топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining rasmiy ochilish marosimi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Илм-фан

Tarixda shunday kunlar bo'ladiki, bunday kunni unutilmas va takrorlanmas kun sifatida eslab qolishadi. Bugun Veterinariya sohasida ana shunday kun. Sababi bugun Respublikamizda yagona bo'lgan, jamiyatimiz uchun veterinar kadrlarni yetkazib beruvchi Samarqand veterinariya meditsinasi institutining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimining ramziy lentasini O'zbekiston Respublikasi Davlat Veterinariya qo'mitasi raisi B.T.Norqobilov, Samarqand viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari R.R.Qobilov, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining rektori X.B.Yunusov, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti professori, akademik D.T.Abdukarimovlar birgalikda kesib, ochib berishdi va institut fayesida tashkil etilgan ko'rgazmaga taklif etishdi.So'ngra kichik majlislar zalida Samarqand veterinariya meditsinasi institutining rektori X.B.Yunusov boshchiligida yig'ilish tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Davlat Veterinariya qo'mitasi raisi B.T.Norqobilov yig'ilganlarga sohadagi ko'plab yangiliklar va o'zgarishlar haqida gapirib o'tdi. Samarqand viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlash bo'yicha o'rinbosari R.R.Qobilov yangi tahrirdagi «Veterinariya to'g'risida» gi qonunning tasdiqlanishi bilan bog'liq jarayonlarni so'zlab o'tdi. Samarqand veterinariya meditsinasi institutining professori, akademik D.T.Abdukarimov yoshlarga veterinariya sohasi tarixi haqida eslatib o'tdi. «Parranda, baliq, asalari va mo'ynali hayvonlar kasalliklari» kafedrasi magistranti X.Safarov va Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti birinchi bosqich talabasi D.Tilabovalar Samarqand veterinariya meditsinasi institutining ochilish marosimi bilan tabriklab, veterinariya sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'zlab berishdi. Tadbirning qolgan qismi institut faollar zaliga o'tdi va kuy-qo'shiq hamda navolar ostida o'tdi. Ayniqsa Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Q.V.Z «Maroqand» jamoasining chiqishlari tadbir ishtirokchilariga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti matbuot xizmati: 
Xurshid SAFAROV

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.