топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Navai Youth Summit 2018

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Илм-фан
Navoiyning yosh va shijoatli yoshlariga Respuplikamizdagi tengdoshlari hamroh bo’lishdi. Summit a’lo darajada o’tishida “O’ZLiDeP” Navoiy viloyati kengashi, “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” va asosiy g’oya muallifi “ Ifora” brendi asoschisi Navoiyning yosh va shijoatli qizlaridan biri Ifora Murodova o’z hissalarini qo’shishdi.
     Birinchi Navoiy yoshlar samitida bizlarga 5 yo’nalish siyosat, iqtisod, sport, jurnalistika va axborot texnologiyalaridan seminar-treninglar o’tildi.  Yoshlarning ko’zidagi nur, qalbidagi beg’uborlik, ruhidagi shijoat va g’ayratni ko’rib o’zim ham yanada kuch va g’ayratga to’ldim. Tengdoshlarimdagi ilm olishga bo’lgan, qiziqishni ko’rib guvohi bo’lib,  yanada ilhomdim. Ular bilan yanada ko’proq bilimlarimizni o’rtoqlashish istagi tug’ildi. Zero, biz  o’zbek yoshlari birlashsak, har birimiz o’z  iqtidor va mahoratlarimizni bir maqsad yo’lida yo’naltirsak yurtimizni yuksak  kelajak kutayotganligiga hech kimda shubha qolmaydi. Birlashib biz ulkan kuchmiz. 
Ishturdiyev Hasan   SamQXI
Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti talabasi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.