топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ma’naviyatga tahdid – o’zligimizga tahdid.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Илм-фан

Tarixdan ma’lumki, inson ma’naviy olamining yuksakligi millat qiyofasini belgilaydi hamda jamiyatda ilm fan, madaniyat, san’at va boshqa sohalar rivojining poydevori sifatida e’tirof etiladi. Shu jihatdan olib qaraganda, ma’naviyatning har bir bo’g’ini inson va uning takomili uchun muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. 
Buyuk ajdodlarimiz Al Farobiy, Al Moturidiy, Imom al Buxoriylar ham ma’naviy tarbiya inson va uning kamolotiga xizmat qiladigan zaruriy aqliy tarbiyaning asosida vujudga kelishini ta’kidlab o’tganlar. Demak, shu jihatdan olib qaraydigan bo’lsak, ma’naviyat inson aqliy va ruxiy olami bilan bog’liq bo’lgan tarbiyaning negizini tashkil qiladi. Aql bilan ruhiyatni boshqarish tizimi esa inson tarbiyasida uning bolaligidan boshqariladigan hamda nazorat qilinadigan odob ahloqning poydevoridir.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida ma’naviyat tushunchasiga shunday ta’rif beriladiki, ya’ni  qush ikki qanotisiz parvoz qila olmaganidek, inson ham m’naviyatsiz yashay olmaydi, deya ta’kidlanadi. Demak, ma’naviyatning donishmandlilik va ruhiy yetuklikka yetaklovchi dono fikr va tuyg’ulari insonga ruhiy quvvat beradi va uning “ikkinchi qanoti” bo’lib kamolotga yetishishida dalda bo’ladi.
Bugungi axborot asrida turli fikrlar va madaniyatlar to’qnashuvi mamlakatlar ma’naviyatiga o’ta sezilarli darajada tahdid solmoqdaki, ba’zi bir bo’zg’unchi kuchlar davlatlarning asriy va  asl ma’naviyatini izdan chiqarishgacha bo’lgan turli o’zlarining bo’zg’unchi g’oyalarini targ’ib etishdan hyech ham charchamayapti. Bu bo’zg’unchi g’oyalarni biz, internet tizimidagi yevropaning “o’ziga xos”  madaniyatini targ’ib qilinayotganligi — turli yovuzlik va ahloq odobga qarshi  internet materialllarida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. Birgina misol. Agar internetga kirib vaxshiylik va yovuzlikni targ’ib qiluvchi o’yinlarni bolalar o’ynayotganligi ko’rsak, demak ularning ma’naviy va ruhiy olamiga qarshi ba’zi bir “kuchlar” o’zlarining maqsadiga qay tariqa erishish yo’lidagi jirkanch qadamlarini kuzatishimiz yanada ham oydinlashadi. 
Qaysi bir zamonda o’zbek farzandini mana shu o’yinlardagi yovuz kuchlar bilan qo’liga turli qurollarni olib albatta, kompyuter klaviaturasi orqali yakkama yakka jangga kirishganini ko’rganmiz. Hyech ikkilanmay aytishimiz mumkinki, bugungi axborot va globallashuv davrida bunday ahvolni ochiqchasiga turli internet kafelarga kirsangiz, o’zingiz guvohi bo’lasiz.
Bosh sarlavhamizda “Ma’naviyatga tahdid – o’zligimizga tahdid” degan  o’ta chuqur hamda kishini o’yga toldiradigan fikrlar ham aslida bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sir qilayotgan mana shu kabi illatlarni targ’ib qilishga qaratilganligining mohiyatiga xolsinona yondashishdan iboratdir.
Bizga ma’lumki, ma’naviyat – inson ongiga ona suti, ota tarbiyasi, yon atrofdagilarning yoshlarga bo’lgan e’tibori bilan singadi. Demak, yosh avlodning ma’naviyatli bo’lishi – oiladagi tarbiyaga borib taqalar ekanda degan o’rinli savol tug’iladi. Juda to’g’ri mulohaza. Albatta, qush uyasida ko’rganini qiladi deganlaridek, inson farzandi ham birinchi va eng birinchi ma’naviy va ruhiy tarbiyani o’z ota-onasidan o’rganadi va xuddiki, tasvirga olish vositasi kabi o’z ongiga muhrlab boraveradi. Ma’lumki, ma’naviy yetuklikning asosida tarbiya, xulq odob turibdimi, demak ota-ona o’z farzandini tug’ilganidan boshlaboq tarbiyaning eng asl asosini o’z farzandiga singdirib borishga va bu tarbiya farzandi ongida qanday ezgulik urug’ini sochayotganligini  kuzatib borishga majburdir.
Yana bir shunday fikrlar xalq orasida yuradi. Bola boshidan deb. 
O’ylab ko’ring, yosh endigina ekilgan nihol parvarishsiz qanday ko’kka bo’y chuzsin. Yosh avlod tarbiyasi ham oson ish emas. Uning ko’ngli go’yoki oppoq beg’ubor qog’ozdek bo’ladi. Ushbu beg’uborlik qog’oziga ota-onasi qanday yozuvlarni yozishi bilan farzandning ma’naviyati va aqliy tarbiyasiga ushbu yozuvlar kuchadi hamda ongiga muhrlangan bu yozuvlar uning keyingi hayotida muhim o’rin tutadi. Yana ota-onalar shuni unutmasliklari kerakki, yuqoridagi aytib o’tilgan farzandining ko’nglidagi hali shakllanib ulgurmagan oppoq va beg’uborlik qog’oziga yovuz va bo’zg’unchi kuchlarning jirkanch illatlarini ularning o’zlari yozib qoldirmaliklari uchun bir soniya ham kechiktirib bo’lmaydigan harakati o’zligimizga hamda ma’naviyatizga tahdid solinishiga qarshi qurol sifatida tan olinmoqda. Shundagina internet va boshqa axborot asrining bo’zg’unchi g’oyalari ma’naviyatimizga hyech ham tahdid sola olmaydi, deb baralla aytimizga asosimiz bo’ladi. 
Agronomiya fakulteti 
Talabasi:  Saloyeva Go’zal
 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.