топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Atmosfera xavosi musaffoligini kelajak avlodlar uchun saqlab qolaylik mavzusida tadbir o’tkazildi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Илм-фан

Bugun 18 sentyabr kuni Samarqand Veterinariya meditsinasi instituti kichik majlislar zalida O’zbekiston ekologik harakati Samarqand viloyati hududiy bo’linmasi,Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va Samarqand viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi hamkorligida 16 sentyabr “Xalqaro azon qatlamini himoya qilish kuni” munosabati bilan “Atmosfera xavosi musaffoligini kelajak avlodlar uchun saqlab qolaylik” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda institut rektori X.B.Yunusov, Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi “Atmosfera xavosini muxofaza qilish inspeksiyasi” boshlig’i T.J.Xoshimov, SamDU dotsenti,ekologiya fanlari doktori N.Xolmonov, SamDAQI dotsenti, ekoharakat eksperti Sh.Eshqobilov hozirgi kundagi global ekologik muammolar jumladan, Azon qatlamining buzilishi va u bilan bog’liq holatda kelib chiqqan  ekologik muammolar, azon qatlamini qayta tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada hali yechimi mavjud bo’lgan muammolar haqida gapirib o’tdilar. Tadbir davomida O’zbekiston ekologik harakati tomonidan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid videoroliklar namoyish etildi.Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan javoblar olishdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.