создание топика, блога, фотосета или ссылки

Tabiiy fanlar fakultetida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Qarshi davlat universiteti
Образование и наука
2018-yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti va Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Unda Tabiiy fanlar fakultetining «Olg‘irlar», «Pikovit», «Yosh geograflar» va «Everest» jamoalari ishtirok etishdi. O‘yinda an’anaviy o‘n beshta savol o‘ynaldi hamda har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan berildi. Intellektual o‘yin qoidasiga ko‘ra turli mavzuga oid savollar taqdim etiladi, vaqtni nazorat qilish uchun taym-kipper tayinlanib, javoblar yozma holda topshiriladi, javob yozib bo‘lingach, jamoa a’zosi tarafidan javob yozilgan javob varag‘i yuqoriga ko‘tariladi, har bir  jamoada bitta sardor bo‘lishi kerak. Qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tgan o‘yin yakunida «Pikovit» jamoasi 8 ball to‘plab 1-o‘rinni, «Olg‘irlar» jamoasi 7 ball to‘plab 2-o‘rinni, «Everest» va «Yosh geograflar» jamoasi 4 ball to‘plab 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. G‘oliblar hamda barcha qatnashchilarga fakultet ma’muriyati va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti kengashi tomonidan faxriy yorliq va diplomlar topshirildi.

0 комментариев

Только зарегистрированные и авторизованные пользователи могут оставлять комментарии.